Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

22
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

#Konstitutsiyamizning_30_yilligi (Batafsil...)

21
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloq qoidalariga amal qilishi talab etiladi.

"Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror mazmuni hamda davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida bugun Bandixon tuman hokimligi majlislar zalida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Xurramov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi. (Batafsil...)

20
Mahkumlarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?

Mahkumlar, JIK va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. (Batafsil...)

19
#Sayyor_xizmat_qulay_imkoniyat

Insonga baxtli lahzalarni hadya etish uchun unga ko‘mak qo'lini cho‘zmoq,  mushkulini oson qilishga tirishishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, to‘shakda mixlanib qolgan, keksa yoki imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ular uchun umrga tatigulik yaxshilik bo'lsa ajabmas. (Batafsil...)

18
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi va bayroq qabul qilingan kun, Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni hamda bosh qomusimiz bilan belgilangan huquq va majburiyatlarimiz xususida tushuntirishlar berildi. (Batafsil...)

17
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarori targ'iboti

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarori qabul qilindi. (Batafsil...)

16
Trening tafsilotlari

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi* doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari hamda davlat idora va tashkiloti mas’ullari uchun tashkil etilgan 3 kunlik trening o‘z ishini yakunladi. (Batafsil...)




15
#TAYINLOV

Gaffarov Bahriddin Kuchimovich – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi. (Batafsil...)

14
Bir bayroq ostida barcha birlashdi

 O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan «Yangi nafas» sport musobaqalari Surxondaryoda ham yuqori saviyada tashkil etildi. (Batafsil...)

13
Xodim mehnat ta'tilida bo'lganda intizomiy jazo qo'llanilishi mumkinmi?

Mehnat kodeksi 182-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi. (Batafsil...)