Yangiliklar
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Aksiya doirasida Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan "Oltinvoha" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 12 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 7 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 5 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
#Adliya_hudud #Huquqiy_komak
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Aksiya doirasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 11 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 6 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Sho‘rchi tumani “Hurlik” mahallasida yashovchi fuqaro F.Jumaeva “Qoraariq” mahallasi xotin-qizlar faoli lavozimida 2022-yil may oyidan 2024-18-dekabr kuniga qadar ishlab 2024-yil 18-dekabr kuni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan bo‘lsa-da, unga yakuniy hisob-kitob qilinganida foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari va boshqa ish haqi pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llanilib fuqaroga 2 432 865 so`m foydalanilmagan mehnat ta’til pul va 18 kunlik ish haqi 2 858 625 so`m. Jami: 5 291 490 so`m hisoblanib majburiy ushlanmadan tashqari 4 656 511 so`m to`lab berildi.
Shu munosabat bilan fuqaro F.Jumaevaning mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi.
Bugun Fuqarolik ishlar bo‘yicha Denov tumanlararo sudi raisi B.Mustafoyev va Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Babayarov tomonidan otaliqqa olingan Denov tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Huquq sinfi"da 10-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv amaliy dars soati o‘tkazildi.
"Fuqarolik huquqi vujudga kelish asoslari" mavzusida o‘tgan amaliy dars mashg‘uloti qizg‘in va fikr-mulohazalarga boy o‘tdi.
O‘quvchilar dars mashg‘ulotiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Fuqarolik ishlar bo‘yicha Denov tumanlararo sudi raisi B.Mustafoyev va Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Babayarov tomonidan batafsil javoblar olishdi.
Adliya vaziri o'rinbosari Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi yangi binosining qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida vazir o'rinbosari M.Istamov ta'mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, vazir o'rinbosari M.Istamov tomonidan binoni tez fursatlarda qurilish ishlarini yakunlab foydalanish uchun topshirish zarurligi ta'kidlandi.
Tashrif davomida M.Istamov ushbu erkin iqtisodiy zonada o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan infratuzilmaviy o‘zgarishlar, xususan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida, M.Istamov erkin iqtisodiy zonada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish, O‘zbekiston qonunchiligini tushuntirish uchun huquqiy konsalting xizmatlarini jalb qilish, shuningdek, "Madad" NNT ni tadbirkorlarning huquqiy hujjatlarini tayyorlashga ko‘mak berish lozimligi haqida ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryoda xizmat safari davomida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat hamda huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan uchrashdi.
Tadbirda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-son “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Farmonga asosan endilikda huquqiy axborotni tarqatishda innovatsion yondashuvlar joriy etiladi.
Ta’kidlanganidek, yangi tizimda “proaktiv qonunchilik” va “aqlli targ‘ibot” kabi zamonaviy tamoyillar asosida fuqarolarga huquqiy axborot yetkaziladi.
Tadbirda yuridik xizmat va huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar tinglandi.
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazdi.
Seminarda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura, Ichki ishlar organlari, tergov va surishtiruv organi xodimlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish tartibi, sud-ekspertiza jarayonlarini texnik va huquqiy jihatdan yangilash, ekspertizalarda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan foydalanishning afzalliklariga urg‘u berilib, ushbu qarorni to‘g‘ri va to‘liq tatbiq etishga doir vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryoda 765 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
✅Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining joriy yil 15-sentabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
✅Mazkur sessiyada jami 765 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.
✅Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
✅Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 1 417 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hamda Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan "Yoshlar va kichik sanoat zonalarida sayyor qabullar o‘tkazish jadvali"ga muvofiq Angor tumani “Navro‘z” kichik sanoat zonasida o‘z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, 7 nafar tadbirkorlik subyektlarining murojaatlariga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan 2 ta murojaat o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilindi.