Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

12
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Prezidentning 05.01.2026 yildagi PQ-1- va 2-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganilmoqda.

Xususan, ishchi guruhi tomonidan Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida bevosita adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan nizoli oilalar bilan ishlash, ularning huquqiy muammolarini hal etish, nizoli oilalarning muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

 O‘rganishda, mas’ullarning nizoli oilalar bilan amalga oshirilgan ishlari tanqidiy muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishda nizoli oilalar salmog‘i yuqori bo‘lgan mahallalarda qayta xatlov o‘tkazib, manzilli chora tadbirlar belgilab olish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, aholi o‘rtasida huquqiy ongni va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirish, nizoli oilalar salmog‘i yuqori bo‘lgan mahallalarda mahalla raislarini nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish borasida o‘qitish, muammo va nizolarni bartaraf etish borasida huquqiy tushunchalar berib borish, sayyor qabullarda nizoli oilalarning muammolarini hal etish borasida huquqiy maslahatlar berib borish ta’kidlandi.

11
"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

Muzrabot   tuman adliya bo‘limi tomonidan Yangi diyor MFYda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari, 2025 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi, 2025 yil 26 dekabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoyi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtiriish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmonlarining ijrosi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etilib, mazmun-mohiyatlari haqida tushuntirish berildi.

10
PQ-1 va PQ-2 qarorlari ijrosi yuzasidan

Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosini bo‘yicha ZOOM orqali, viloyat adliya boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov va Respublika ishchi guruhi a’zosi — Adliya vazirligining mas’ul xodimi M.Nafasov ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda, qaror ijrosini joylarda to‘g‘ri tashkil etish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishi, aniqlangan nizoli oilalarning muammolarini o‘rganish  hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Tuman va shahar adliya bo‘limlariga qarorlar ijrosini ta’minlashda mas’uliyatni kuchaytirish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda  manzilli ishlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma berildi.

09
Targ‘ibot va mehnat yarmarkasi

Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimlari  ishtirokida tumandagi “O‘rta Machay” MFY, “Yuqori Machay” MFYlari hamda “Qizil” toifaga tushgan  “Yuqori Machay” MFYda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek,  tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida 15 ta davlat va nodavlat tashkilotlari jami 85 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, 7 nafar ishsiz fuqarolar ish o‘rinlariga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

06
Sayyor qabul va mehnat yarmarkasi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi S.Allanazarov tomonidan  “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuniga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
  
Bundan tashqari mehnat yarmarkasi tashkillashtirilib, yig‘ilish ishtirokchilarini tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida tanishtirib o‘tildi.

Tadbir davomida, 8 ta fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 3 ta fuqaroning murojaati ko‘rib chiqish uchun ijroga olindi.

05
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov tomonidan Angor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tumandagi Sharqguli va O‘zbekiston mahallalarida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” asosida bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

04
Boysun tuman adliya bo’limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari ishtirokida tumandagi “O‘rta Machay” MFYda “mahalla yetiligi” a’zolari, mahalla faollari va ishtirokchilar uchun huquqiy tushuntirish berildi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

Boysun tuman adliya bo’limi va   tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi  xodimlari  ishtirokida tumandagi “O‘rta Machay” MFYda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida “mahalla yetiligi” a’zolari, mahalla faollari va ishtirokchilar uchun huquqiy tushuntirish berildi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️ Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoyi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtiriish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalariga oid tushuntirishlar ham berildi. 

03
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 22-yanvar kunidagi 22-um son buyrug'i bilan joriy yilning 22-yanvaridan 22-fevraliga qadar respublika bo‘ylab “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.

Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan shahardagi 1-sonli maktabda aksiya doirasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir davomida tadbir ishtirokchilariga fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni qo‘llanishini ta’minlash orqali ularning mulk huquqlarini to‘liq ta’minlash, ushbu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish  yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning savollariga  tegishlicha javoblar berildi. 

02
Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi

Qiziriq tuman adliya bo‘limi  tomonidan “Zarobod” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida “mahalla yetiligi” a’zolari va mahalla faollari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️ Shuningdek, tadbirda Adliya vazirining “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi va boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari talablaridan kelib chiqib, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga oid tushuntirishlar ham berildi. 

02
“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

???? Huquqiy oylik doirasida Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbirda, fuqarolarga ko‘chmas mulkka oid hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi, mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash yuzasidan tushuntirish berildi. 

✅ Shuningdek, tadbir ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  05.01.2026-yildagi PQ–1-son va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.