Yangiliklar
Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning dastlabki 5 oyida Termiz shahrida 122 ta oilaviy ajrim qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 13 taga oshgan.
Shu bilan birga, joriy yilning 5 oyida nizoli oilalardan 39 tasi yarashtirilib, 54 nafar bolaning yetim qolishining oldi olindi.
Oilalarni saqlab qolish maqsadida “Oqila ayollar” harakati a’zolari, otinoyilar, “Buvijonlar maktabi” vakillari hamda mahalla faollari tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Yarashtirilgan oilalarning kundalik hisobi yuritilib, holatlar muntazam tahlil qilinmoqda.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida joriy yilning 8-iyun kuni Surxondaryo viloyati Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha boshqarma va tashkilotlarning komplaens-nazorat tuzilmalari xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda bu boradagi amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi U.Saidov, viloyat hokimligi mas’ul xodimi Sh.Eshimov, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Kravchenya, viloyat prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi tergovchisi A.Xoliyorov, viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy mexanizmlari, komplaens-nazorat tizimining vazifalari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan amaliy misollar asosida fikr almashilib, sohaga oid dolzarb savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazkur seminar davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, komplaens-nazorat tizimlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Seminar-trening Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Ismailov boshchiligida olib borildi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad, onlayn notarial harakatlarning amalga oshirish, ijro xatlarini yozish hamda boshqa turdagi notarial harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi
Mazkur seminar-trening mavzu doirasida tashkil etilib, unda tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Denov tuman adliya bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 25-maydagi “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tumanidagi 77-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari uchun sayyor qabul va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Joriy yilning 2-iyun kuni Qiziriq tuman "Bog‘iston" mahallasida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 25-maydagi “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tibbiyot texnikumi maʼsullari bilan birgalikda sayyor qabul va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida, bolalar va ularning ota-onalari ishtiorkida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda 3 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, bolalar hamda ularning ota-onalariga bolalar huquqlari, ular uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli va tarbiyaviy mazmundagi spektakllar namoyish etilib, ularning quvonchi va zavqiga boy lahzalar yaratildi. Rang-barang sahna ko‘rinishlari hamda samimiy muhit bolalar xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi.
Bunday tadbirlar farzandlarimizning madaniy dunyoqarashini boyitish, oila qadriyatlarini mustahkamlash hamda bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatishning yorqin ifodasidir.
Bolalar kulgisi — eng chiroyli bayram bezagi!
Aksiya davomida adliya bo‘limi xodimlari hamda faol fuqarolar insonparvarlik va mehr-oqibat tamoyillarini namoyon etib, bemorlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida donorlik qonlarini topshirdilar.
Ushbu xayriya aksiyasi orqali qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarning salomatligini tiklash hamda inson hayotini saqlab qolishga munosib hissa qo‘shildi.
Inson hayotini asrash — eng oliy qadriyat!
2026-yil 25-may kuni tumandagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Jumladan, Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi hamda bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilandi.
Tadbir yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak maqsadlar sari intilish va yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 sonli qarorni ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda bandlikni ta’minlash maqsadida hududlarda manzilli ishlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzun tumani “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, huquqiy muammolar yuzasidan amaliy yordam hamda tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ish izlovchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
???? Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Surxondaryo viloyat hunarmandchilik markazida yosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
????Tadbir davomida yosh xotin-qizlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
????Shuningdek, ishtirokchilar uchun milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy master-klasslar tashkil etilib, unda hunarmand ustalar tomonidan kasb sir-asrorlari, yangi dizayn ishlanmalari hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi.
????Yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, milliy uslubdagi qo‘l mehnati mahsulotlari va zamonaviy dizayn namunalari namoyish etilib, ularning yaratilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
????Mazkur uchrashuv yosh xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga xizmat qildi.