Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Xudoyqul Muhammad Yusuf O‘ngboy o‘g‘lini Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sherobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sherobod tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi M. Xudoyqulni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Tilovov Sheroziddin O‘roqovichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh. Tilovovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Ostanaqulov Sherzod Erkinovichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh. Ostanaqulovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Rahmonov Abdimo‘min Qodirovichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi A. Rahmonovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Xudoyqulova Dilorom Xolovnani  Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi D. Xudoyqulovani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

29
Adliya vaziri aholiga va davlat organlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida qilingan ishlarni oʻrgandi

Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov tizim xodimlari faoliyati bilan tanishib, fuqarolar davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida qilingan ishlarni oʻrgandi.

Xususan, Qiziriq tumanida vazir adliya boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni oʻrganib, xodimlar bilan muloqot qildi. Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlangandek, adliya organlarining asosiy vazifalari qatorida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishdir, bu borada mahallalardagi “yettilik” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhim rol oʻynaydi.(Batafsil...)

28
Surxondaryoda "Adliya sayli"

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan  Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida "Adliya sayli" o‘tkazildi. 

Tadbir davomida fuqarolarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan turli soha vakillari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

"Sayyor qabul" ko‘rinishida fuqarolarning muammolariga yechim izlandi.

Shuningdek, FHDY, notariat va boshqa turdagi 60 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi: notariat, advokatura hamda adliya bo'limlari tomonidan 100 ga yaqin fuqarolarga bepul huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berildi.

Volontyorlar a'zolari tomonidan 100 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatish barobarida “Street law” va “Online xizmatlar” afzalliklari targ`ib qilindi.

 Aholi o‘rtasida "Huquqiy viktorina" o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz davom etgan bahsda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Tadbir qatnashchilariga yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari haqida batafsil tushunchalar berildi.

28
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, adliya vaziri Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida oʻquv jarayonlarini tashkil etilganlik, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining taʼminlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Texnikum binosi 600 oʻringa moʻljallangan, 150 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi, sport zali, sport oʻyinlari uchun maydonlardan iborat.

Vazir texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan oʻz tavsiyalarini hamda oʻquvchilarni kelgusida kasbga yoʻnaltirishga doir qilinishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Navbatdagi manzil — X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy boʻlimi boʻldi. Adliya vaziri tomonidan uning faoliyatidagi mavjud muammolar va kelgusida rivojlantirish masalalari tahlil qilindi(Batafsil..)

24
HASHAR HAQIQIY MEHNAT BAYRAMI

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Mana shunday mustaqillik bayram kunlarida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

O‘zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. 

Erta tongdan barcha boshqarma  xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, binolar hududi, xizmat xonalari ozoda va fayzli bo'ladi.

23
Denov tumanida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi

Joriy yilning 23-avgust kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Denov tumanidagi "Nurli manzil" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtrirokida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Turli sohaga oid murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab etadigan 21 ta murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi. 

Tadbir davomida, 2 nafar fuqarolarga farzandi uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar sayyor tartibda topshirildi.

Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.