Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
Hududlarda uyma-uy yurish tadbirlari davom etmoqda

Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudi bilan hamkorlikda shahardagi "NA'MUNA" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni"tadbirlari doirasida "Sayyor qabul"  tashkil etildi.

✅ Shundan so‘ng,  adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mahalladagi fuqarolarning huquqiy muamolari uyma-uy yurgan holda o‘rganildi.

✅Uyma-uy yurish davomida, 100 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 40 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilib huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 5 nafar fuqaroga  sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.

✅Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir

10
“Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida sport tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Boysun tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Z.N.Xaydarov tomonidan “Mustaqillik”  tumandagi 39-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida“Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar hamda jinoyatchilikning oqibatlari to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berildi.

08
Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari o'rtasida “Huquqiy bilimlar kuni” o‘tkazildi.

Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari o'rtasida “Huquqiy bilimlar kuni” o‘tkazildi.

❇️ Tadbir “Adliya – yoshlar tayanchi", "Sen huquqingni bilasanmi?"shiori ostida o'tkazildi.

Shuningdek, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, vatanparvalik, qonunlarga hurmat hamda islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan mavzularda yaqindan suhbat tashkil etildi.

05
Korrupsiyaga qarshi barchamiz birday kurashishimiz kerak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan.
Mazkur Farmon hamda qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi Ikrom Jumayev hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasining mas’ul xodimi Bunyod Avazov ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, ushbu qonun hujjatlarida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha o‘rganildi.

03
Adliya olis hududning olis mahallasida

Sariosiyo tumanidagi olis tog'li "Karsh" mahallasida tuman adliya bo‘limi, DXM,  YXKM, “Madad” NNT  ishtirokida, tumandagi “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri doirasida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, 7 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 3 ta murojaat ko‘rib chiqish uchunish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 3 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

03
Chorshanba - "Huquqiy targ‘ibot kuni"

Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan "Kattabog`" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 7 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 10 nafar fuqarolarning,  soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 13 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

02
Yangi o’quv yili - yangi maqsadlarning boshlanishi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Angor tumani “Bahor” mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirida qatnashib, maktab dargohiga ilk qadamlarni qo‘ygan o‘quvchi yoshlarni tabriklab, ularni kelajakda xalqqa foydasi tegadigan fidoyi inson bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Shuningdek, yuqori sinfdagi yoshlarni ham yangi o‘quv yili bilan tabriklab, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari bo‘yicha tushunchalar berdi.

27
Adliyada Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fuqarolar bayramona kayfiyatda qarshi olinmoqda

Adliyada Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fuqarolar bayramona kayfiyatda qarshi olinmoqda

Surxondaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida aziz Vatanimizning mustaqillik bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fuqarolarni bayramona kayfiyatda qarshi olmoqda.

????Markazga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroga yurtimiz iftixori — Davlat bayrog‘imiz ramzi tushirilgan lentalar taqilmoqda. Bu o‘z navbatida bayram shukuhini, fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

????Davlat xizmatlari markazi binosi davlat ramzlarimiz, ayniqsa bayrog‘imiz timsolidagi rang-barang sharlar  bilan bezatildi.

Shuningdek, markazda mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar yangrayotgani xizmatlardan foydalanish uchun kelayotgan aholiga o‘ziga xos kayfiyat ulashmoqda.

27
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov yoshlar bilan individual suhbatlashdi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Termiz shahrida adliya boshqarmasiga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Ushrashuv davomida, ularning mavjud muammolarini o‘rganib, hal etish bo‘yicha mas'ullarga qat'iy ko‘rsatmalar berdi.

27
"E’tirof" platformasi bo‘yicha muammolar, ularning yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Angor va Muzrabot tumanlarida "E’tirof" platformasi bo‘yicha mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan tuman mas’ullari bilan amaliy muloqot o‘tkazdi.