Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh mutaxassis
Sohaning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) Sohada moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritish;
Sohaning boshqarmaning xoʻjalik faoliyatini tashkillashtirish va yuritish ishlarini amalga oshiradi;
tegishli bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, ularni taʼmirlash, kapital qurilish, kommunal xizmat koʻrsatish ishlarini tashkillashtiradi, vazirlik mol-mulkining ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini taʼminlaydi va boshqa xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanadi;
boshqarma balansidagi binolarining aloqa, internet, elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini taʼminlaydi hamda boshqa xoʻjalik-maishiy xizmatlarni bajaradi;
boshqarma, tuman shahar adliya boʻlimlari, shu jumladan yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari koʻrsatish markazlari, FHDY organlari xodimlarining kanselyariya mollariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi va oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlaydi;
boshqarma balansida mavjud boʻlgan xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini oʻrganadi, avtotransport vositalarini taʼmirlash ishlarini tashkil etadi va ularning xizmatga tayyorgarligini taʼminlaydi, avtotransport vositalarini belgilangan miqdorda yoqilgʻi bilan taʼminlash choralarini koʻradi, yoʻl koʻrsatgichlari tamgʻasi sozligini hamda yoqilgʻi sarflanishini nazorat qiladi, avtotransport vositalarini tegishli xodimlarga biriktirish boʻyicha dalolatnomalarni, yoʻl varaqalarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, imkoniyatdan kelib chiqib, avtomashinalarning vazirlik hovlisida saqlanishini taʼminlaydi;
boshqarma balansida boʻlgan binolar, unga tegishli hududlardan maqsadli foydalanishni, belgilangan tartibda boʻsh turgan joylarni ijaraga berishni taʼminlaydi;
avariya va boshqa favqulodda hodisalar yuz berishining oldini olishga qaratilgan choralarni, bunday hodisalar yuz bergan taqdirda, uning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha zarur tadbirlarni koʻradi;
boshqarma balansida boʻlgan binolarda evakuatsiya qilish tartibini ishlab chiqadi va uni tegishli joylarga osib qoʻyilishini taʼminlaydi;
ombordagi moddiy boyliklarning lozim darajada saqlanishini taʼminlaydi;
“Yashil iqtisodiyot” masalalari bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshiradi va ushbu yoʻnalishni muvofiqlashtiradi.
2) Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etish, ularning xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi, binolarni, jumladan yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat notarial idoralari, Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish boʻlimlari, Nikoh uylari va fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish arxivlari kapital qurish va taʼmirlash ishari boʻyicha tahliliy oʻrganishlar olib borib, natijasi boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritadi;
ehtiyojlar uchun moddiy boyliklarni xarid qilish, binolarini taʼmirlash, kapital qurish borasida hujjatlari asosida oʻrganib boradi, oʻtkaziladigan tender hujjatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi. Tegishli materiallarni yigʻadi, oʻrganadi va umumlashtiradi, lozim topilganda, yakuniy hujjatlarni Hayʼati majlisida koʻrib chiqish uchun takliflarni rahbarga kiritadi.
huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishda ishtirok etadi;
balansdagi binolar, texnika, jihoz (mebel) va boshqa tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish, hisobdan chiqarish, sanoqdan oʻtkazish (inventarizatsiya) ishlari ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Sohaning faoliyatiga oid masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi.