Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i

Sho‘baning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlik tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etish, Davlat xizmatlari markazlari (bundan buyon–markaz) hamda FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish sohasida:

davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha markazlar, ularning filiallari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shuningdek FHDY sohasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxslarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatiga olishni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlaydi;

koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tizimli ravishda soʻrovnomalar oʻtkazadi;

FHDY organlari, markazlar va ularning filiallariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;

davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini oshiradi hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻyilmasligini monitoring qiladi;

maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish, shu jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari faoliyatini tahlil qiladi;

Markazlar va ularning filiallari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha olis joylarga chiqqan holda mobil (sayyor) davlat xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etadi;

FHDYning yagona elektron arxivi axborot tizimining samarali ishlashini nazorat qiladi;

FHDY organlarini gerbli guvohnoma blankalari bilan belgilangan tartibda taʼminlanishini nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlari taqdim etilishini nazorat qiladi;

2) FHDY organlari, markazlar va ularning filiallari faoliyatini nazorat qilish sohasida:

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyatini nazorat qiladi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari faoliyati yuzasidan monitoring olib borilishini tashkil etadi;

Inson resurslari shubasi bilan hamkorlikda FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarining xizmat va xizmatdan tashqari vaqtda fuqarolar bilan muloqoti, yurish-turishi va oʻzini tutishi ahvolini muntazam oʻrganib boradi, odobsizlik holatlariga yoʻl qoʻyilishining oldini olish choralarini koʻradi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarida xushmuomalalik, jonkuyarlik kabi axloqiy xislatlarni shakllantirish, manmanlik va shuhratparastlik asosida fuqarolardan ajralib turish va dabdababozlik harakatlari sodir etilishining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazib boradi hamda natijalari boʻyicha rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi;

FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qatʼiy rioya etishi va oʻz burchiga sadoqatli boʻlishini taʼminlash, xizmat mavqeyini suisteʼmol qilish, korrupsiya, poraxoʻrlik, tanish-bilishchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, mahalliychilik va boshqa nojoʻya xatti-harakatlar sodir qilishining oldini olish choralarini koʻradi;

vazirlik rahbariyatining roziligi asosida Inson resurslari sho‘basi bilan birgalikda oldindan ogohlantirishsiz FHDY organlari, Markazlar va ularning filiallari xodimlarining faoliyatini toʻsatdan oʻrganadi, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish ahvolini “sirli mijoz” tamoyili asosida nazorat qilishni tashkil qiladi va natijasi yuzasidan takliflar kiritadi;

FHDY organlari, markazlar va ularning filiallari tomonidan davlat boji, gerb yigʻimi, pullik xizmat va boshqa toʻlovlarning belgilangan tartibda undirilishini nazorat qiladi;

Markazlar va ularning filiallari xodimlari tomonidan rad etilgan murojaatlarni elektron tizimlar orqali monitoring qiladi;

“Qmatic” elektron navbatni boshqarish tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini monitoring va tahlil qiladi;

“Situatsion markaz” orqali Markazlar va FHDY organlari faoliyati tahlili va nazoratini yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan shikoyatlarni “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita davlat xizmatlari koʻrsatishda “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining Markazlar va FHDY organlari tomonidan bevosita koʻrsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan soʻrovlarini koʻrib chiqadi;

davlat xizmatlari markazlari orqali tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini, shuningdek firma nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat va tahlil qilib boradi;

Markaz va FHDY organlari faoliyatiga oid elektron tizimlar va boshqa platformalarda uzilishlar haqida zudlik bilan vazirlikning Raqamlashtirish boshqarmasini xabardor qilib boradi, bu borada qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlari masʼullariga nisbatan chora koʻrish boʻyicha vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalarini xabardor qiladi;

Markazlarda pullik xizmat koʻrsatilishida tegishli talablariga rioya etilishini monitoring qilib boradi;

sohalarga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Markaz va FHDY organlari xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi;

3) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan oʻzlarining benefitsiarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida yuridik shaxslarning benefitsiar mulkdorlari reestrini Markazlar tomonidan shakllantirilishini taʼminlaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻradi.


Рўйҳатга қайтиш