Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi bosh maslahatchi
Vazifalar va funksiyalari quyidagilardan iborat :
1) nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil qilishga koʻmaklashish sohasida:
nodavlat notijorat tashkilotlarni va ularning ramziy belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat reestrini yuritadi;
nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar faoliyatining qonuniyligini taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati va taʼsis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar koʻradi;
nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida kelib tushayotgan axborotlarni tahlil qiladi;
nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki ularni tugatish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va sudga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring olib boradi;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq viloyat miqyosidagi statistik maʼlumotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
faoliyatiga doir jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni koʻrib chiqadi;
soha qonunchilik hujjatlarini qoʻllash boʻyicha xulosalar tayyorlaydi;
faoliyat sohasiga doir masalalar yuzasidan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
2) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi.