Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i
Sho‘baning asosiy vazifasi:
Malakaliy kadr bilan taʼminlash hamda ularni qidirish, tanlash, ishga jalb qilish;
Kadrlar ishi va ularning zaxira hisobini yuritish, xodimlarining shaxsiy sifat hamda ishchanlik qobiliyatlarini har tomonlama oʻrganish hamda adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini baholash;
xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini oshirish hamda doimiy nazoratini taʼminlash;
Xodimlar malakasini oshirish;
“MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimini orqali mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish;
Xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish hamda ishchanlik koeffisentini oshirib borish hisoblanadi.
Sho‘ba oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Malakali kadr bilan taʼminlash hamda ularni qidirish, tanlash, ishga jalb qilish sohasida:
rahbarlar bilan hamkorlikda bilimli, axloq meʼyorlariga mos keladigan, vijdonli va malakali, yuksak maʼnaviy fazilatlarga ega kadrlarni qidirish, tanlash, ishga jalb qilish va lavozimlarga tayinlashni taʼminlaydi;
tizimga malakaliy kadrlarni jalb etishga yoʻnaltirilgan rekrutmentning yangi usullarini (onlayn rekrutment, aktiv hedxanting) joriy etadi;
tegishli taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini oʻrganish asosida tanlaydi;
boshqarma hamda adliya boʻlimlari kadrlarining tarkibi va harakati hisobini yuritadi;
boshqarmaning mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini mavjud vazifa, strategiya, shuningdek, mehnat bozoridagi oʻzgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturalarga mos ravishda qanoatlantirish choralarini koʻradi;
kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari ular oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga oid choralar koʻradi;
malakali xodimlarga boʻlgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;
2) Kadrlar ishi va ularning zaxira hisobini yuritish, xodimlarining shaxsiy sifat hamda ishchanlik qobiliyatlarini har tomonlama oʻrganish hamda adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga qoʻshgan shaxsiy hissasini baholash sohasida:
kadrlar ishini yuritadi hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi, kadrlar zaxirasiga malakali xodimlarni tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, zaruratga koʻra, stajirovkadan oʻtishini taʼminlaydi hamda ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qiladi;
kadrlar hisobini yuritish tizimini tashkil etadi, kadrlar tarkibi va harakati boʻyicha hisobotlar tuzadi va tahlil qiladi;
3) Adliya organlari va muassasalari xodimlarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini oshirish hamda doimiy nazoratini taʼminlash sohasida:
xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish hamda amal qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish;
xodimlarni oʻz xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qiladi;
xodimlarni mehnat intizomi va adliya organlari va muassasalarining kasb etikasi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib boradi, mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona oʻrganib chiqadi;
xodimlarning noqonuniy harakatlari ustidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ushbu masalalar boʻyicha murojaatlarning har tomonlama xolisona koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
4) Xodimlar malakasini oshirish sohasida:
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda adliya organlari va muassasalarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish orqali har bir xodimning adliya organlari va muassasalari oldida turgan vazifalarga erishishda ishtirok etishini taʼminlash va ularning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashadi;
muntazam asosda kadrlarning professionallik darajasini oshirishni, bunda yurtimizning sohaga oid yetakchi va yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda ularning uzluksiz taʼlim olishini, shu jumladan xorijda tashkil etadi;
boshqarmaning kadrlar ishi, huquqshunoslar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shu jumladan ushbu sohaga oid takliflani ishlab chiqishda ishtirok etadi;
5) “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimini orqali mehnat munosabatlariga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida:
“MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimi orqali mehnat munosabatlariga oid maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlashni taʼminlab boradi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xodimlarni ishga qabul qilish va ularni joy-joyiga qoʻyish jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etilishini tanlovlarda ishtirok etish orqali taʼminlab boradi;
6) Xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish hamda ishchanlik koeffisentini oshirib borish sohasida:
“Eng yaxshi adliya xodimi” yoki boshqa mazmunda koʻrik-tanlovlar va konkurslarni oʻtkazishni tashkil etadi va oʻtkazilishida ishtirok etadi;
xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi;
xodimlarning moddiy va ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
xodimlarga maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalarini berish va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi toʻlab borish ishlarini muvofiqlashtiradi;
xodimlarga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalarni oʻz vaqtida berilishini taʼminlash va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun mansab pogʻonalaridan koʻtarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va koʻnikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratadi;
kadrlar malakasini oshirish tizimidagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, mehnat bozorida ishchi kuchining rivojlanish tendensiyalarini va unga qoʻyiladigan sifat va miqdoriy talablarni oʻz vaqtida aniqlash, shuningdek, xodimlar nuqtayi nazaridan ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash hamda moddiy va nomoddiy ragʻbatlantirishning toʻgʻri tizimini yaratishga qaratilgan kadrlar marketingi tizimini joriy etadi;
xodimlarning professionalligini, sezgirligini va yangiliklarga moslashishiga qaratilgan jamoani ijtimoiy rivojlantirish (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar) yuzasidan choralar koʻradi;
xodimlarni sport va koʻngilochar tadbirlarga, sport kunlarini tashkil etishga keng jalb qilish boʻyicha tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
sho‘ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.