Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i

Sho‘basining asosiy vazifasi:

Boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, shu jumladan DXM, YXKM va FHDY organlari tizimida ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

ijro intizomini mustahkamlash va nazoratni olib borish;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni koʻrib chiqishni nazorat qilish, boshqarma binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish;

boshqarma ish rejalarini tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish;

Boshqarma Hayʼati majlislari, rahbariyat huzurida oʻtkaziladigan tezkor majlislarning oʻtkazilishini taʼminlash;

Boshqarma tarkibiy tuzilmalari faoliyati samaradorligini baholash ishlarini tashkil qilish;

Boshqarma tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.


Sho‘ba oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Boshqarma tizimida ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan hujjatlarni faqat devonxona tomonidan qabul qilinishini taʼminlaydi, roʻyxatga oladi, ularni boshqarma markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga qarab taqsimlaydi, masʼul ijrochilarga yetkazadi;

ish yuritish boʻyicha boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va muassasalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi, markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari ish yurituvi faoliyatini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularni yuritilishini nazorat qiladi;

boshqarma tarkibiy sho‘balari tomonidan tayyorlangan hujjatlarning koʻrsatilgan manzillarga joʻnatadi;

ijro uchun yuboriladigan topshiriq, tanbeh, koʻrsatma xatlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va asoslarini ishlab chiqadi, ushbu tartibga rioya qilinishini adliya boʻlimlari va muassasalaridan talab qiladi;

bir xil masala yuzasidan takroriy topshiriq xatlarining chiqib ketishini oldini olish maqsadida, boshqarma tomonidan adliya boʻlimlari va muassasalariga yuboriladigan doimiy topshiriq xatlar va koʻrsatmalar loyihalarini rahbariyatga imzoga kirishdan oldin koʻrib chiqadi;

boshqarma tomonidan oʻz tashabbusi bilan yuqori turuvchi idoralarga tayyorlanayotgan hujjatlarning sifatli va benuqson boʻlishini taʼminlaydi, boshqarmadan maʼlumotlarning belgilangan tartibga rioya etilmagan holda chiqishining oldini oladi, xat va hujjatlardagi fakt va raqamlar, shuningdek, boshqa maʼlumotlarning asosliligini tekshiradi;

boshqarmaning idoraviy arxivlari faoliyatini arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida olib borilishini taʼminlaydi;

“Oʻzarxiv” hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda arxivda hujjatlarning hisobga olinishini tashkil etadi, ularni saqlaydi, hujjatlarning ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan oʻtkazadi va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;

adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tatbiq etadi;

adliya organlari va muassasalarining nizomlari va boshqa boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqilishini tashkillashtiradi.

2) ijro intizomini mustahkamlash va nazoratni olib borish boʻyicha:

Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasidan ijro uchun kelgan topshiriqlar, shuningdek rahbariyat tomonidan nazoratga olingan hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;

yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini toʻliq va belgilangan muddatlarda taʼminlash maqsadida har bir band, masʼul ijrochi va ijro etish muddati alohida koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, uning ijrosini taʼminlashni masʼul ijrochilardan talab qiladi, tekshiradi, tahlil qiladi va rahbariyatga axborot beradi;

hujjatlarning ijro etilishi ahvoli yuzasidan rahbariyatga axborot taqdim etib boradi va ijrosi taʼminlangan hujjatlarni nazoratdan oladi, ularning muddatlarini uzaytiradi yoki doimiy nazoratga olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

rahbariyat topshirigʻiga koʻra ijro va mehnat intizomi ahvoli yuzasidan tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ishtirokida tezkor yigʻilish oʻtkazadi va natijasi boʻyicha rahbariyatga axborot taqdim etib boradi;

3) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni koʻrib chiqishni nazorat qilish, boshqarma binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish boʻyicha:

boshqarmada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlarni tashkillashtiradi, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarning oʻz muddatida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi;

rahbariyat tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan boshliq va uning oʻrinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning shaxsiy va sayyor qabul qilinishini tashkil etadi va tegishli tartibda ularning hisobini yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ularning turi va sohasi boʻyicha umumlashtiradi hamda tahlil qiladi;

boshqarma hamda adliya boʻlimlarining murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini oʻrganadi, tahlil qiladi, bu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni umumlashtiradi va rahbariyatga kiritadi;

boshqarma binosiga kirish-chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada belgilangan tartibda boshqarma binosiga fuqarolarning kirish-chiqishlarini tashkil qiladi va nazorat qiladi;

4) Boshqarma ish rejalarini tuzish, ularning ijrosini nazorat qilish, umumlashtirish boʻyicha:

Boshqarmaning birinchi va ikkinchi yarim yillik uchun ish rejalarini, shuningdek vazirlikning birinchi, ikkinchi yarim yillik ish rejalari ijrosini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi hamda ish reja loyihalarini tayyorlaydi, ularni tegishliligi boʻyicha boshqarma Hayʼati majlisining muhokamasiga va boshliq tasdigʻiga taqdim etadi, yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriq va koʻrsatmalarga asosan boshqarma ish rejalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;

ish rejada belgilangan soha faoliyatini kompleks tekshirish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ish rejada belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan masʼul ijrochilardan maʼlumotlar talab qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqida axborot beradi;

5) Hayʼat majlislari va rahbariyat huzurida oʻtkaziladigan tezkor majlislarning oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha:

Hayʼat majlisida koʻriladigan sohalarning faoliyati, oʻtkazilgan kompleks va ijro intizomiga oid tekshirishlar yuzasidan boʻlib oʻtadigan majlislarga hujjatlar tayyorlaydi;

Hayʼat majlisida sohaviy yoʻnalishlar boʻyicha kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallarni tegishli sho‘balardan talab qilib oladi, oʻrganadi, zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarning taqdim qilinishini talab qiladi;

Hayʼat majlisi oʻtkazilishini taʼminlaydi;

qabul qilingan Hayʼat qarorlari, boshliqning buyruqlari va yigʻilish bayonlarining oʻz vaqtida tegishli ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi, belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan masʼul ijrochilardan maʼlumotlar talab qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqda axborot beradi;

Hayʼat qarorida belgilangan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tegishli
chora-tadbir rejasini ishlab chiqadi, ijrosini nazorat qiladi va umumlashtiradi;

Hayʼat ish faoliyatini tartibga solish boʻyicha boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqadi;

rahbariyat huzurida tezkor yigʻilishlarni oʻtkazadi, natijasi boʻyicha tasdiqlangan bayonlarning ijrosini nazorat qiladi;

6) Faoliyat samaradorligini baholash ishlarini tashkil qilish boʻyicha:

Boshqarma, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, shu jumladan DXM, FHDY va YXKM faoliyatini samaradorligini oʻrganadi, muvofiqlashtiradi, koʻrsatmalar beradi;

sohalar boʻyicha samaradorligini baholash boʻyicha koʻrsatkichlarning erishilishi boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va yakuniy natijalarni rahbariyatga taqdim qiladi;

7) Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash sohasida:

statistik hisobotlarda aniqlangan chalkashlik, xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻradi, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarni javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish uchun rahbariyatga taqdim etadi;

statistik hisobotlarni umumlashtirish asosida tahliliy maʼlumotlar, toʻplamlar, solishtirma jadvallar tayyorlaydi, natijalari yuzasidan adliya organlari va muassasalarining faoliyat yoʻnalishlarini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha zarur takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Sho‘ba oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



Рўйҳатга қайтиш