Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.04.2026

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON




Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudiri:

Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari  va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil  orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat  topshirishingiz  mumkin: https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/99367

 

Faoliyat yo‘nalishi:

.

FHDY bo‘limiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

.

fuqarolik dalolatnomalarini o‘z vaqtida to‘liq va to‘g‘ri qayd qilinishini ta’minlaydi;

.

fuqarolik dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritadi;

.

fuqarolik dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlaydi;

.

fuqarolarga dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur xollarda takroriy guvohnomalar, ma’lumotnomalar va dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar beradi;

.

eksterritorial tamoil asosida fuqarolarga dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur xollarda takroriy guvohnomalarni rasmiylashtirish hamda boshqa xizmatlarni ko‘rsatilishi ta’minlaydi;

.

fuqarolik dalolatnoma yozuvlarini rasmiylashtirishda fuqarolarga kompozit xizmatlarni ko‘rsatish talablariga qat’iy rioya qiladi;

 

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·          Yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish; shuningdek ish staji 3 yil, (shundan 2 yil FHDY organida ishlagan bo’lishi lozim.)

·        davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·        shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·      barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·      ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·     oylik ish haqi o‘rtacha - 2 593 603,00 so‘m;

·     qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·     idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).


Рўйҳатга қайтиш