Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari:
Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin:
https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/103981
Faoliyat yo‘nalishi:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Prezident Farmonlari, qarorlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) hay’at qarorlari, adliya vazirining buyruqlari hamda boshqa topshiriqlarida belgilangan vaziflarga og‘ishmay amal qilishi; Hududiy adliya organining (tegishlicha) Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq qoidalari, Jamoa shartnomasi va boshqa ichki huquqiy hujjatlari bilan “MinJust HR”, “Smart offis” va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar orqali xat va hujjatlar bilan tanishib borishi va amal qilishi, shuningdek, mehnat shartnomasiga hamda mazkur yo‘riqnomada belgilangan o‘zining xizmat maburiyatlariga qat’iy amal qilishi; zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlaridan mustaqil va erkin foydalana olishi; xodimlar bilan o‘zaro muomalada axloqiy va nutq madaniyatiga amal qilishi va o‘zining boshqaruvchanlik (liderlik) va kommunikativlik ko‘nikmalarini, shuningdek, professional mahoratini doimiy takomillashtirib borishi; mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlanish qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilishi; ish rejalarda, “yo‘l xaritalari”da belgilangan, rahbarlar tomonidan unga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlashi; Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga qat’iy rioya etishi; “Jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini qabul qilishi, xolisona ko‘rib chiqishi va o‘z vaqtida (belgilangan muddatlarda) javob yo‘llashi shart3 o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar faoliyatiga bevosita va umumiy rahbarlik qiladi, ishlarni tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi; ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash; notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; Notarial palatasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining faoliyatini kafolatlarini ta’minlashda vakolati doirasida ko‘maklashish; Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda malaka komissiyalari faoliyatini tashkil etish; nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholashga mas’ul hisoblanadi; hududiy adliya organining Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi, Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi, Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi faoliyatiga rahbarlik qiladi; hududiy adliya organi huzuridagi notarial arxiv hamda Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish arxivi faoliyatini muvofiqlashtiradi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqadi; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqadi; o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarga xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat va monitoring qiladi; ish rejalarda belgilangan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; hududiy adliya organi tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishlarida ishtirok etadi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘radi, kadrlar zaxirasini yuritilishini ta’minlaydi; o‘zining vakolati doirasida hujjatlarni imzolaydi; o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarda xodimlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq hududiy adliya organi tizmida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘radi, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etish chorasini ko‘radi;
Lavozimi uchun rasmiy talab:
Yurisprudensiya yoki Davlat va jamiyat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish. Mutaxassislik bo‘yicha 6 yil sish stajiga ega bo‘lish Vazirlik tizimida rahbarlik lavozimlarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lish Huquqiy xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlari ko‘rsatislishi sohalarida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi o‘rtacha - 3 150 000,00 so‘m;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).