Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

(Asosiy xodim bola parvarishlash ta’tilidan qaytgunga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi) Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) Yetakchi mutaxassis:
Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin: https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/117550
Faoliyat yo‘nalishi:
|
. |
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi; |
|
. |
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlaydi; |
|
. |
davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘radi; |
|
. |
tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar beradi; |
|
. |
DXM direktori va bo‘lim boshlig‘iga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritadi; |
|
. |
ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritishni tashkillashtiradi; |
|
. |
DXMda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borishni tashkillashtiradi; |
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· Yurisprudensiya, Davlat va jamiyat boshqaruvi, Moliya-iqtisod, mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish lozim yoki Bakalavriat,bo‘yicha yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi kerak
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi o‘rtacha - 2 230 605,00 so‘m;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).