25.07.2026
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON


Denov tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi yetakchi mutaxassis:
Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin: https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/125789 Faoliyat yo‘nalishi:
|
.
|
- Xizmat majburiyatlari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Prezident Farmonlari, qarorlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) hay’at qarorlari, adliya vazirining buyruqlari hamda boshqa topshiriqlarida belgilangan vaziflarga og‘ishmay amal qilishi; Hududiy adliya organining (tegishlicha) Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq qoidalari, Jamoa shartnomasi va boshqa ichki huquqiy hujjatlari bilan “MinJust HR”, “Smart offis” va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlar orqali xat va hujjatlar bilan tanishib borishi va amal qilishi, shuningdek, mehnat shartnomasiga hamda mazkur yo‘riqnomada belgilangan o‘zining xizmat maburiyatlariga qat’iy amal qilishi; zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlaridan mustaqil va erkin foydalana olishi; xodimlar bilan o‘zaro muomalada axloqiy va nutq madaniyatiga amal qilishi va o‘zining boshqaruvchanlik (liderlik) va kommunikativlik ko‘nikmalarini, shuningdek, professional mahoratini doimiy takomillashtirib borishi; mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlanish qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilishi; ish rejalarda, “yo‘l xaritalari”da belgilangan, rahbarlar tomonidan unga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlashi 1.
|
|
.
|
- “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi; 2.
|
|
.
|
- tadbirkorlik subyektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlaydi; 3.
|
|
.
|
- davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘radi; 4.
|
|
.
|
- tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar beradi; 5.
|
|
.
|
- DXM direktori va bo‘lim boshlig‘iga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritadi; 6.
|
|
.
|
- ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritishni tashkillashtiradi; 7.
|
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· Yurisprudensiya, Davlat va jamiyat boshqaruvi, Moliya-iqtisod, mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish lozim yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi kerak
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi o‘rtacha - 2 230 605,00 so‘m;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).