Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON


Denov tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi mutaxassis:
Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin: https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/126006 Faoliyat yo‘nalishi:
|
. |
· O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Prezident Farmonlari, qarorlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) hay’at qarorlari, adliya vazirining buyruqlari hamda boshqa topshiriqlarida belgilangan vaziflarga og‘ishmay amal qilishi mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlanish qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilishi; ish rejalarda, “yo‘l xaritalari”da belgilangan, rahbarlar tomonidan unga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlashi; Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga qat’iy rioya etishi; “Jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini qabul qilishi, xolisona ko‘rib chiqishi va o‘z vaqtida (belgilangan muddatlarda) javob yo‘llashi shart . |
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· Yurisprudensiya, Davlat va jamiyat boshqaruvi, Moliya-iqtisod, mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish lozim yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi kerak
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi o‘rtacha - 1 912 855,00 so‘m;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).