Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
30.07.2026

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

 


(Asosiy xodim bola parvarishlash ta’tilidan qaytgunga qadar muddatli mehnat shartnomasi tuziladi) Oltinsoy tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori:

Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari  va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil  orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat  topshirishingiz  mumkin: https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/127139 Faoliyat yo‘nalishi:

Hududiy adliya oranlari xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi (keyingi o‘rinlarda – lavozim yo‘riqnomasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori, 2023-yil 25-yanvardagi PF–14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni, 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq xodimlar tomonidan lavozim majburiyatlarini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Ushbu lavozim yo‘riqnomasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – hududiy adliya organlari) nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarning egallab turgan lavozimi bo‘yicha bajaradigan xizmat majburiyatlarini belgilaydi 

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·          Yurisprudensiya, Mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus diplomga ega bo‘lish lozim nomzod yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi kerak

·        davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·        shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·      barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·      ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·     oylik ish haqi o‘rtacha - 2 230 605,00 so‘m;

·     qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·     idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).


Рўйҳатга қайтиш