Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Rahbar kotibi:
Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat topshirishingiz mumkin: https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1711# Faoliyat yo‘nalishi:
|
tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan unga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida va to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlaydi; |
|
yuqori tashkilotlardan va tarkibiy bo‘limlardan ijro yoki ma’lumot uchun berilgan hujjatlarni “smartoffice.adliya.uz” dasturi orqali qabul qilib oladi, ijrochilarga yetkazib, ijrosi haqidagi ma’lumotlarni biriktirilishini ta’minlaydi va nazoratini amalga oshiradi; |
|
“smartoffice.adliya.uz” dasturi orqali buyruq, ichki xat va hujjatlar kirimini nazorat qiladi va zarurarga ko‘ra, tezkor hujjatlar bo‘yicha tarkibiy bo‘linmadagi xodimlarni xabardor etib boradi; |
|
tarkibiy bo‘linma tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi, hisobot shakllarini tegishli tarkibiy rahbarga taqdim etadi; |
|
rahbariyat tomonidan imzolangan hujjatlarni tarkibiy bo‘linmalarga tegishliligi bo‘yicha o‘z vaqtida tarqatadi; |
|
rahbar faoliyatini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik funksiyalarni bajaradi; |
|
xodimga oid ma’lumotlarni to‘plash va uning topshirig‘i bilan xodimlarni yig‘ish ishlarini tashkil etadi; |
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· Yurisprudensiya, Davlat va jamiyat boshqaruvi, mutaxassisliklari bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus diplomga ega bo‘lish lozim nomzod
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi o‘rtacha - 1 612 899,00 so‘m;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).