Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
26.08.2026

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON


Angor tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti:

Ishga qabul qilish boʻyicha tanlov shartlari  va batafsil maʼlumotlar bilan ushbu manzil  orqali tanishishingiz va shu manzil boʻyicha elektron tarzda hujjat  topshirishingiz  mumkin: https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/134317  Faoliyat yo‘nalishi:

.

·         O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Prezident Farmonlari, qarorlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) hay’at qarorlari, adliya vazirining buyruqlari hamda boshqa topshiriqlarida belgilangan vaziflarga og‘ishmay amal qilishi mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan saqlanish qoidalari va me’yorlariga qat’iy amal qilishi; ish rejalarda, “yo‘l xaritalari”da belgilangan, rahbarlar tomonidan unga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlashi; Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga qat’iy rioya etishi; “Jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini qabul qilishi, xolisona ko‘rib chiqishi va o‘z vaqtida (belgilangan muddatlarda) javob yo‘llashi shart .

 

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·          Yurisprudensiya yo‘nalishi buyicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursi tamomlagan bo‘lishi kerak nomzod

·        davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·        shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·      barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·      ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·     oylik ish haqi o‘rtacha - 2 071 730,00 so‘m;

·     qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·     idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-451-11-48 (ichki raqam 6511).


Рўйҳатга қайтиш