Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08

Ustoz-shogird ananalari davom etmoqda


Mustaqillik yo’lida dadil borayotgan O’zbekistonning bugungi kunda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va Vatanga sadoqat tuyg’ularini o’stirishda ulkan tadbirlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo’limlarida ham yosh xodimlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’rtasida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish borasida ko’plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Xususan, joriy yil 8 oktyabr kuni viloyat adliya boshqarmasida ko’p yillar davomida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelib hozirda nafaqada bo’lgan Ustoz Choriyev Qorjov O’rozovich bilan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Qorjov O’rozovich o’zining mehnat faoliyati, adliya sohasining naqadar murakkab va sharafli kasb ekanligi hamda o’zining ko’p yillik tajribalarini yosh xodimlar bilan o’rtoqlashdi.
Bundan tashqari yosh xodimlarga boshqarmada ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan xodimlardan ustozlar tayinlandi hamda ular o’rtasida ustoz-shogird ananalari o’rnatildi. Bunday tadbirlarning tashkil etilishi sohada yosh kadrlarga ulkan hayotiy maktab bo’lib xizmat qiladi.