Huquqiy bilimlar kuni
Joriy yilning 9-iyun kuni adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, Sh.Tilovov, S.Yuldashevalar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbati davomida qonunchiligimiz bilan talaba yoshlarga ta’lim va boshqa sohalarda berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, davlat xizmatlaridan elektron tartibda foydalanish mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida talabalar “talaba ishlashi mumkinmi?”, “magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga joriy yildan qanday imtiyozlar qo‘llanadi?” va shu kabi huquqiy savollariga asoslantirilgan javoblar oldilar.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.