Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda talaba yoshlarga erta nikohning oldini olish, yosh oilalar va talabalar uchun qonunchiligimizda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, firibgarlik va odam savdosi jinoyati qurboni bo’lib qolmaslik, korrupsiyaning davlat va jamiyat rivojidagi jiddiy to'siq bo'luvchi illat ekanligiga oid hamda davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid qonunchilikda belgilangan talablar va boshqa qonun hujjatlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarashni shakkllantishdan iborat.