Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida “11-fevral - ”Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni“ munosabati bilan tadbir tashkil etildi..


 Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida “11-fevral - ”Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni“ munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda boshqarma mas’ul xodimi Quvondiq Ulug‘ov ishtirok etib, ishtirokchilarga vasiyatnoma rasmiylashtirishning afzaliklari, merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bogʻliq qonunchiligimizda belgilangan tartiblar, qonunchiligimiz bilan talaba yoshlar va xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyozlar, ma’muriy islohotlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

✅ Eslatib o‘tamiz: 2023-yilning 10-fevralidan 10-martgacha Adliya vazirligi tomonidan oilalarda meros bilan bogʻliq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkaziladi.