Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
08

Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati shiori ostida huquqiy aksiya o‘tkazildi



⚡️ Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida Termiz shahar san’at saroyida "Konstitutsiya-kelajagimiz kafolati" shiori ostida huquqiy aksiya tashkil etildi.

➡️ Tadbirga tashrif buyuruvchilar nafaqat yangilanayotgan Konstitutsiyamizda belgilangan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati bilan, balki  favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ishlatiladigan vositalar, milliy hunarmandchilik turlari bilan ham tanishishdi.

✅ Badiiy jamoalarning chiqishlari tadbirga bayramona ruh bahsh etgan bo'lsa, sayyor qabullarda fuqarolarning huquqiy masalalariga yechim izlandi, sayyor davlat xizmatlari va notarial xizmatlar ko‘rsatilib, huquqiy sohalarga oid turli savollarga malakali mutaxassislar tomonidan asoslantirilgan javoblar berildi.

✅ Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida " Huquqiy viktorina" ham o‘tkazilib, g‘oliblar boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

✅ Aksiya yakuni kuy-qo‘shiqlarga ulanib, estrada xonandalari tomonidan turli diltorlar navolar kuylandi.