Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan
❇️ Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman madaniyat va turizm bo‘limi binosida tumandagi mahallalarda faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchilarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida ular faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.
❇️ Shuningdek, aksiya doirasida Oltinsoy tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan tumanning “Xalqobod” va “Xayrandara” mahallalarida, Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan tumanda joylashgan 12-sonli MTTda, Bandixon tuman adliya bo‘limi DXM tomonidan tumanning “Paxtakor” mahallasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
❇️ Tashkil etilgan tadbirlar davomida 100 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ishtirokchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid reglamentlar talablari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid yangiliklar bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.