Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
16

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida nimalar belgilandi, bizni qanday yangiliklar kutmoqda?


Strategiya mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida  viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Q.Ulug‘ov ishtirokda Toshkent tibbiyot akdemiyasining Termiz filiali talabalari ishtirokida viktorina o‘tkazilib, strategiya mazmun-mohiyati nafaqat nazariy, balki amaliy misollar bilan tushuntirib o‘tildi. 

Tadbirlar reja-grafiklarga asosan butun viloyat bo‘ylab o‘tkazib kelinmoqda, xususan, shu kabi tadbirlardan navbatdagisi Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida tashkil qilindi. 

Jumladan, Strategiyada tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga erishish, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovini kamida 50 foizga oshirish, tug‘ruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish belgilangan.