"Yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni" shiori ostida o‘tkazilgan madaniy-huquqiy tadbir markaziy istirohat bog‘ida davom etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar, xususan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Abdurasulov tomonidan kelajak egalarining barkamol bo‘lib voyaga yetishi, ilmu fan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta egallashi, davr talablari asosida ta’lim va tarbiya olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar xususida to‘xtalib, huquqiy savodxonlik oshirish hamda qonun bilan belgilangan imtiyoz va huquqlardan samarali foydalanish zarurati yuzasidan o'z tavsiya va fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng, harbiylar, tuman madaniyat bo‘limi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining chiqishlari namoyish etildi.