Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Boysun tumani 39-sonli maktabda yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquq sohasiga oid qiziqishlarini oshirish uchun seminar tashkil etildi
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Boysun tumani 39-sonli maktabda yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquq sohasiga oid qiziqishlarini oshirish, ularning muammolarini o'rganish, taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar mohiyatini yetkazish, ularda jinoyat va huquqbuzarliklarning har qanday turiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan bir qator huquqiy, madaniy va sport tadbirlari, "Zukko kitobxon" tanlovi, "Zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etildi.
Shunigdek, g'oliblarga adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alar ulashildi.