24
Yoshlar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi
Toshkent Davlat yuridik universiteti hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi yoshlar uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi.
Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.