Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
27

Yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat yuridik texnikumi talabalari bilan birgalikda  Termiz shahridagi 15-sonli maktabda yoshlar uchun "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida "Islohotlarga dahldorman" aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi. 

Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida, yoshlar o‘rtasida huquqiy viktorinalar tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida g‘oliblar munosib taqdirlandi.