Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04

Adliya va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan  Termiz davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya va huquq asoslari fakulteti talabalari ishtirokida "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan muhim tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, xususan inson huquqlarini himoya qilish, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish,  yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.