TerDUda “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”, “Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton” mavzularida davra suhbati tashkil etildi
Unda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari hamda akademik litsey pedagoglariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi mazmun mohiyatini yetkazishdi.
Tadbirda ishtirokchilarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” va “Jamiyatimizni korrupsiyadan birgalikda xalos etaylik” mavzularida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.