20
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida "Huquqiy zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida birdamlik, jamoaviy ruh, o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish bo‘ldi.

Mazkur "Huquqiy zakovat" intellektual o‘yinida bahs uzoq davom etdi. Qizg‘in va murosasiz davom etgan bellashuvda Termiz tumani 1-sonli maktab o‘quvchilar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumanidan kelgan 9-sonli maktab o‘quvchilari, 3-o‘rinni esa Termiz shahar 2-sonli iqtisoslashtirilgan maktab internati qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.