Bugun Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi
Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga tuman adliya bo‘limi boshlig‘i hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqa yo‘nalishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.