07
"Ochiq eshiklar kuni" | "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi | Yoshlar bilan ichki turizm
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etilib, tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollariga boshqarma rahbariyati hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Tadbirda adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, yoshlar bilan ichki turizm tashkil etilib, Termiz tumanidagi "Al-Hakim At Termiziy' ziyoratgohiga tashrif buyurildi.