Mahallalarda "Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazilishi davom etmoqda
Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Tillakamar" mahallasida yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va giyohvandlik va narkojinoyatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.