Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Angor tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.

05
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.

30
Termiz tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

Termiz tumani hokimligida hokimlik apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh. Mirzayev, Surxondaryo viloyati hokimligi Komplayens xizmati hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi hamda "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunlari mazmun-mohiyati, ularning davlat organlari faoliyatidagi o‘rni, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini halollik, xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat odobi qoidalariga qat'iy rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, o‘zaro fikr almashildi.

Mazkur o‘quv seminari davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish, qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish hamda xodimlarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

28
Termiz shahar hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik standartlari mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Termiz shahar hokimligida “Davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olishdagi shaxsiy javobgarligi va halollik standartlari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimligi apparati xodimlari hamda iqtisodiyot va moliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish, investitsiyalarni jalb qilish va eksport, oila va xotin-qizlar, yoshlar ishlari, madaniyat, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida viloyat hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Termiz shahar prokuraturasi vakillari tomonidan korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatida halollik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh. Mirzayev ishtirok etib, davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olishdagi shaxsiy mas’uliyati, halollik standartlariga qat’iy rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan yo‘llagan savollariga batafsil javoblar berilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha davlat organlari va xizmatchilarining hamkorligi hamda shaxsiy mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

24
Bandixon tumanidagi sport maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman sport maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir davomida sport maktabi rahbariyati, murabbiylari ishtirok etishdi. Unda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi

Shuningdek, PQ–1-son qarorining ijrosini ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliya hamda firibgarlik, giyohvandlik bilan bog‘liq va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish va buning uchun javobgarlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi

23
"O‘zenergoinspeksiya" Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-son Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxati ilk bor aniq belgilab berilgani, korrupsiyaga oid jinoyatlar natijasida olingan mablag‘larni legallashtirish bilan bog‘liq holatlar ham korrupsiyaga oid jinoyat sifatida e’tirof etilishi, shuningdek, talon-toroj va firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplamagan shaxslarga nisbatan ayrim yengilliklar qo‘llanilmasligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablari buzilgan taqdirda mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi kuchaytirilgani hamda davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini samarali tashkil etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Seminar davomida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol va xolis bajarish, davlat mulkidan oqilona foydalanish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil javoblar berildi hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Mazkur seminar davlat organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

21
Sport ta’limi muassasasi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Shoʻrchi tuman adliya bo‘limi tomonidan sport ta’limi muassasasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat odob-axloq qoidalariga rioya etishi, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari, davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash va bartaraf etishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat faoliyatida ochiqlik, xolislik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy javoblar taqdim etildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini qaror toptirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

16
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

2026 yil 16 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “EduXub” tayyorlov o‘quv markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-134-son qarorlari hamda O‘RQ-1151-son Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

15
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi “Shodlik” mahallasida “Sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimizning PQ–1-son qarori, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid hujjatlar, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonunchilik normalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali yaratilgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, kiberjinoyatchilik, internet firibgarligi, giyohvandlik, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga amaldagi qonunchilik asosida batafsil javoblar berilib, huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi.

08
Sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Oltinsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “To‘xtamish” mahallasida joylashgan 22-son DMTT binosida “Sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimizning PQ–1-son qarori, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid hukumat qarorlari, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga doir qonunchilik hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, kiberjinoyatchilik, internet firibgarligi, giyohvandlik, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqiy targ‘ibot o‘tkazilib, fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsiz internetdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

02
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Yuksalish" xususiy o‘quv markazida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son va PQ-134-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Tadbir yakunida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan firibgarlik va giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan qisqa metrajli videoroliklar namoyish etildi.

19
Qiziriq tuman adliya bo‘limi va Qiziriq tumani jinoyat sudi tomonidan tumandagi 1-sonli texnikumda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga  ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida va Korrupsiya, Giyohvandlik, Firibgarlik va Kiberxavfsizlik haqida huquqiy axborotlar berilib, ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildi
         Mazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va rahbar-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi.

12
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Sho`rchi tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.

11
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 25-maydagi 192-um-son buyrug‘i asosida o'tkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Sherobod tuman adliya bo‘limi  tomonidan tumandagi 1-sonli texnikumda

Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga  ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida va Korrupsiya, Giyohvandlik, Firibgarlik va Kiberxavfsizlik haqida huquqiy axborotlar berilib, ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildi.


         Mazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va rahbar-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi.

10
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.

21
QUMQO‘RG‘ONDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan 27-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezidentning PQ-1-son qarori hamda PF-270-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilinib, videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir doirasida o‘quvchi qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

14
Angor tuman adliya bo‘limi  tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida va Korrupsiya, Giyohvandlik, Firibgarlik va Kiberxavfsizlik haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Mazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va rahbar-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi.

23
Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 89-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning savollariga javob qaytarilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

13
Korrupsiyaga qarshi kurashish — yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish

Sariosiyo tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 28-sonli umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tarbiyaviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning salbiy oqibatlari hamda jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida halollik, adolat va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi bunday tadbirlar yosh avlodni halol va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.