Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
11
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 25-maydagi 192-um-son buyrug‘i asosida o'tkazilayotgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Sherobod tuman adliya bo‘limi  tomonidan tumandagi 1-sonli texnikumda

Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga  ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida va Korrupsiya, Giyohvandlik, Firibgarlik va Kiberxavfsizlik haqida huquqiy axborotlar berilib, ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildi.


         Mazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va rahbar-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi.

10
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.

21
QUMQO‘RG‘ONDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan 27-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezidentning PQ-1-son qarori hamda PF-270-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilinib, videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir doirasida o‘quvchi qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

14
Angor tuman adliya bo‘limi  tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Rahbar va yoshlar” uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida va Korrupsiya, Giyohvandlik, Firibgarlik va Kiberxavfsizlik haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Mazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va rahbar-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi.

23
Sariosiyo tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 89-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati, shuningdek korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning savollariga javob qaytarilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

13
Korrupsiyaga qarshi kurashish — yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish

Sariosiyo tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 28-sonli umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tarbiyaviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning salbiy oqibatlari hamda jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida halollik, adolat va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi bunday tadbirlar yosh avlodni halol va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

07
KORRUPSIYA – JAMIYAT TARAQQIYOTIGA JIDDIY TAHDID

Yurtimizda mazkur illatga qarshi olib borilayotgan ishlar nimalardan iborat va bu yetarlimi?

Ushbu mavzu bo‘yicha Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligi S.Sayfutdinov ishtirok etdi.

05
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Oltinsoy tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi davlat idoralari va tashkilot rahbar hamda xodimlari ishtirokida  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyati  haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, targ'ibot davomida ishtirokchilarga, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan holi tizim yaratilishi, 2026-yilda korrupsiya illatiga qarshi kurashish bo‘yicha "favqulodda holat" eʼlon qilinishi haqida ma’lumotlar yetkazilishi bilan bir qatorda Prezidentning 05.01.2026-yildagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi. 

19
Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limida, Prezidentning 05.01.2026-yildagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari, 30.05.2025-yildagi PQ-153-son “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va 30.12.2025-yildagi PF–270-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bundan tashqari, tadbir ishtirkchilarga “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tashrif buyurganlarga firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, korrupsiya va boshqa turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan buklet va infografikalar tarqatildi.

16
Boysun tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Boysun tuman adliya bo‘limi  xodimlari tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari  ishtirokida,  Prezidentning 05.01.2026-yildagi PQ-1 va 2-son qarorlari,  Prezidentning 30.12.2025-yildagi PF–270-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Prezidentning 30.04.2025-yildagi PQ-153-son “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda yuqoridagi qarorlar va “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida, firibgarlik, kiberjinoyatchiliklarning huquqiy oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib, firibgarlikni oldini olishga qaratilgan 30 dan ortiq buklet va infografikalar tarqatildi.

06
"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

 Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida  davra suhbati o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida huquqiy tushuntirishlar ham berildi. 

05
Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat kadastrlari palatasi  tuman filialining xodimlari ishtirokida, “Korrupsiya-taraqqiyotga g‘ov” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  

Tadbir ishtirokchilariga, korrupsiyaning salbiy oqibatlari — mehnat va xizmat jarayonida huquqiy muammolar, shaxsiy mas’uliyat va qonuniy majburiyatlar batafsil tushuntirildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar ongida korrupsiyaga qarshi ijobiy munosabatni shakllantirish va ularni huquqiy savodxonlikka yo‘naltirishdir. 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.

28
TerDUda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, yoshlarni “halollik vaksinasi” bilan emlash orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz davlat universitetida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–258-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalar, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.

 Bundan tashqari, tadbir “Mulk huquqi aksiyasi” oyligi doirasida tashkil etilib, talabalarga mulk huquqini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.

 Tadbirda talabalar jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi, o‘z bilimi, huquqiy ongi va tashabbuskorligi bilan davlatimizning porloq va adolatli kelajagini barpo etishga munosib hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.

22
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi tibbiyot texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul  qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa jinoyatlariga qarshi-kurashish va oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

19
Korrupsiya – taraqqiyot zavoli!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul  qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa jinoyatlariga qarshi-kurashish va oldini olish oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

15
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida tizimdagi xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan targ'ibot tabdiri o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.

Shuningdek, xodimlarga, odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.

15
TerDUda korrupsiyaga qarshi tanlov g‘oliblari taqdirlandi

????9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” hamda “Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzularidagi bilimlar bellashuvi, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasm va eng yaxshi videorolik tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tanlovlarda faol ishtirok etgan g‘oliblar Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Termiz davlat universiteti tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

????Ma’lumot o‘rnida, korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlarda 1500 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etdi.

18
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Denov tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.

????Suhbat davomida xodimlarga Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga rioya qilishi shartligi tushuntirildi.

????Shuningdek,  odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga, jumladan, yurish-turish, kiyinish, muomala madaniyatiga qat’iy rioya etish, ish vaqtida spirtli ichimlik yoki giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilmasliklari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.

13
Korrupsiya - taraqqiyot zavoli!

Sariosiyo tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 94 -sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yuqori sinf õquvchilariga Korrupsiya tushunchasi va uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi .

Tadbir so‘nggida, o‘quvchilar va boshqa tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mas'ullaridan batafsil javoblar olishdi.