Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunchilik talablariga rioya etish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-son Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxati aniq belgilab berilgani, korrupsiyaga oid jinoyatlar natijasida olingan mablag‘larni legallashtirish bilan bog‘liq holatlar ham korrupsiyaga oid jinoyat sifatida e’tirof etilishi, shuningdek, talon-toroj va firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplamagan shaxslarga nisbatan ayrim yengilliklar qo‘llanilmasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablari buzilgan taqdirda mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi kuchaytirilgani, davlat organlari va tashkilotlarida komplayens hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini samarali tashkil etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Seminar davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol va xolis bajarish, davlat mulkidan oqilona foydalanish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbirda IT sohasi mutaxassislari va sun’iy intellekt bo‘yicha ekspertlar ishtirok etib, AI texnologiyalarining asoslari, qo‘llanilish sohalari va amaliy imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Master-klass davomida ishtirokchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, chatbotlardan foydalanish, matn va tasvir yaratish hamda turli jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirildi.Shuningdek, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son, 7-apreldagi PQ-134-son qarorlari, O‘RQ-1151-son Qonuni, shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Yoshlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Tadbir yakunida yoshlarni IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda mavjud ta’lim platformalari va loyihalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlar ishtirokida mualliflik huquqini himoya qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar hamda huquqshunoslar tomonidan mualliflik huquqi, patentlash, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va huquqiy himoya mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.Tadbir ishtirokchilariga ariza topshirish, patent olish hamda mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha amaliy yo‘riqnomalar taqdim etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli, 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1151-sonli Qonuni, shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida yoshlar intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga “E-Huquqshunos” tizimidan foydalanish tartibi, uning imkoniyatlari hamda amaliy qoʻllash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori – “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.Uchrashuvda korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik hamda kiberxavfsizlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Boysun tumani adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasidagi xodimlarining korrupsiyaning oldini olishdagi shaxsiy mas’uliyati, halollik tamoyillari hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir Boysun tumani adliya bo‘limi tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari hamkorligida tashkil etildi.Seminarda tuman tibbiyot birlashmasi hamda tarkibiy tuzilmasidagi muassasaslari mas’ullari va xodimlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda 2025-yil 30-dekabrdagi PF–270-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar birildi.
Taqdimot va amaliy misollar orqali korrupsiyaning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri, mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi hamda firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik bilan bog‘liq va boshqa jinoyatlar va ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish hamda buning uchun javobgarlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyati, xizmat faoliyatida halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli huquqiy tushuntirishlar oldilar.
Muzrabot tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olishdagi shaxsiy mas’uliyati, halollik tamoyillari hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir Muzrabot tumani adliya bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.Seminarda tuman hokimligi apparati xodimlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF–270-son Farmoni hamda PQ–5177-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Taqdimot va amaliy misollar orqali korrupsiyaning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri, mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyati, xizmat faoliyatida halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli huquqiy tushuntirishlar oldilar.
Halollik — yuksak qadriyat, qonuniylik esa barqaror taraqqiyot garovidir.
Angor tumanida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir Angor tuman adliya bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi Korrupsiya, firibgarlik va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish guruhi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi X. Mamatmurodov ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni hamda PQ-5177-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Angor tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Sherobod tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.Termiz tumani hokimligida hokimlik apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh. Mirzayev, Surxondaryo viloyati hokimligi Komplayens xizmati hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi hamda "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunlari mazmun-mohiyati, ularning davlat organlari faoliyatidagi o‘rni, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini halollik, xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat odobi qoidalariga qat'iy rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, o‘zaro fikr almashildi.
Mazkur o‘quv seminari davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish, qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish hamda xodimlarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Termiz shahar hokimligida “Davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olishdagi shaxsiy javobgarligi va halollik standartlari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimligi apparati xodimlari hamda iqtisodiyot va moliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish, investitsiyalarni jalb qilish va eksport, oila va xotin-qizlar, yoshlar ishlari, madaniyat, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.Seminar davomida viloyat hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Termiz shahar prokuraturasi vakillari tomonidan korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatida halollik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh. Mirzayev ishtirok etib, davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olishdagi shaxsiy mas’uliyati, halollik standartlariga qat’iy rioya etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan yo‘llagan savollariga batafsil javoblar berilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha davlat organlari va xizmatchilarining hamkorligi hamda shaxsiy mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman sport maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir davomida sport maktabi rahbariyati, murabbiylari ishtirok etishdi. Unda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi
Shuningdek, PQ–1-son qarorining ijrosini ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliya hamda firibgarlik, giyohvandlik bilan bog‘liq va boshqa jinoyatlar hamda ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish va buning uchun javobgarlik masalalariga to‘xtalib o‘tildiSurxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-son Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxati ilk bor aniq belgilab berilgani, korrupsiyaga oid jinoyatlar natijasida olingan mablag‘larni legallashtirish bilan bog‘liq holatlar ham korrupsiyaga oid jinoyat sifatida e’tirof etilishi, shuningdek, talon-toroj va firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplamagan shaxslarga nisbatan ayrim yengilliklar qo‘llanilmasligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablari buzilgan taqdirda mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi kuchaytirilgani hamda davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini samarali tashkil etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Seminar davomida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol va xolis bajarish, davlat mulkidan oqilona foydalanish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan amaldagi qonunchilik asosida batafsil javoblar berildi hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Mazkur seminar davlat organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Shoʻrchi tuman adliya bo‘limi tomonidan sport ta’limi muassasasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat odob-axloq qoidalariga rioya etishi, xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari, davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash va bartaraf etishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat faoliyatida ochiqlik, xolislik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha huquqiy javoblar taqdim etildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini qaror toptirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
2026 yil 16 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “EduXub” tayyorlov o‘quv markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-134-son qarorlari hamda O‘RQ-1151-son Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik va kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi “Shodlik” mahallasida “Sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimizning PQ–1-son qarori, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid hujjatlar, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonunchilik normalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali yaratilgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik, internet firibgarligi, giyohvandlik, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga amaldagi qonunchilik asosida batafsil javoblar berilib, huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi.
Oltinsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “To‘xtamish” mahallasida joylashgan 22-son DMTT binosida “Sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimizning PQ–1-son qarori, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid hukumat qarorlari, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga doir qonunchilik hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik, internet firibgarligi, giyohvandlik, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqiy targ‘ibot o‘tkazilib, fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsiz internetdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, huquqiy maslahatlar taqdim etildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Yuksalish" xususiy o‘quv markazida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son va PQ-134-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiya, giyohvandlik, firibgarlik hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbir yakunida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan firibgarlik va giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan qisqa metrajli videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir davomida texnikum o‘quvchilariga ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida va Korrupsiya, Giyohvandlik, Firibgarlik va Kiberxavfsizlik haqida huquqiy axborotlar berilib, ular tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berildiMazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va rahbar-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot maydonini yaratishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchi Sh.Mirzayev tomonidan Sho`rchi tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida xodimlarga, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, shuningdek Ichki mehnat tartibi qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari shartligi tushuntirildi.