Oltinsoy tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi davlat idoralari va tashkilot rahbar hamda xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, targ'ibot davomida ishtirokchilarga, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan holi tizim yaratilishi, 2026-yilda korrupsiya illatiga qarshi kurashish bo‘yicha "favqulodda holat" eʼlon qilinishi haqida ma’lumotlar yetkazilishi bilan bir qatorda Prezidentning 05.01.2026-yildagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limida, Prezidentning 05.01.2026-yildagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari, 30.05.2025-yildagi PQ-153-son “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va 30.12.2025-yildagi PF–270-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bundan tashqari, tadbir ishtirkchilarga “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tashrif buyurganlarga firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, korrupsiya va boshqa turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan buklet va infografikalar tarqatildi.
Boysun tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ishtirokida, Prezidentning 05.01.2026-yildagi PQ-1 va 2-son qarorlari, Prezidentning 30.12.2025-yildagi PF–270-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Prezidentning 30.04.2025-yildagi PQ-153-son “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda yuqoridagi qarorlar va “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida, firibgarlik, kiberjinoyatchiliklarning huquqiy oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib, firibgarlikni oldini olishga qaratilgan 30 dan ortiq buklet va infografikalar tarqatildi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo’limi xodimlari tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat kadastrlari palatasi tuman filialining xodimlari ishtirokida, “Korrupsiya-taraqqiyotga g‘ov” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga, korrupsiyaning salbiy oqibatlari — mehnat va xizmat jarayonida huquqiy muammolar, shaxsiy mas’uliyat va qonuniy majburiyatlar batafsil tushuntirildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar ongida korrupsiyaga qarshi ijobiy munosabatni shakllantirish va ularni huquqiy savodxonlikka yo‘naltirishdir.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, yoshlarni “halollik vaksinasi” bilan emlash orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz davlat universitetida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–258-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalar, korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, tadbir “Mulk huquqi aksiyasi” oyligi doirasida tashkil etilib, talabalarga mulk huquqini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda talabalar jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi, o‘z bilimi, huquqiy ongi va tashabbuskorligi bilan davlatimizning porloq va adolatli kelajagini barpo etishga munosib hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi tibbiyot texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa jinoyatlariga qarshi-kurashish va oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumida “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli” mavsusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga zararli ta’siri, halollik va shaffoflik tamoyillari, qonuniylikka rioya etishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, tadbirda ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va bu borada qabul qilingan boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va boshqa jinoyatlariga qarshi-kurashish va oldini olish oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.
Shuningdek, xodimlarga, odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.
????9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” hamda “Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzularidagi bilimlar bellashuvi, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasm va eng yaxshi videorolik tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tanlovlarda faol ishtirok etgan g‘oliblar Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Termiz davlat universiteti tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
????Ma’lumot o‘rnida, korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan turli tanlovlarda 1500 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etdi.
????Suhbat davomida xodimlarga Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan qoidalarga rioya qilishi shartligi tushuntirildi.
????Shuningdek, odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga, jumladan, yurish-turish, kiyinish, muomala madaniyatiga qat’iy rioya etish, ish vaqtida spirtli ichimlik yoki giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilmasliklari, shuningdek, Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.
Sariosiyo tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi 94 -sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yuqori sinf õquvchilariga Korrupsiya tushunchasi va uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi .
Tadbir so‘nggida, o‘quvchilar va boshqa tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mas'ullaridan batafsil javoblar olishdi.
✅Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov, tuman prokurori K.Turaqulov hamda tuman hokimi o‘rinbosari A. Rajapov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
???? Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni davlat boshqaruvi va adolatli jamiyat barpo etish jarayonlariga keng jalb etish, shuningdek, davlat xizmatchilarining kundalik faoliyati, mas’uliyati hamda xizmat madaniyati haqida atroflicha tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.
✅ Tadbir davomida, yoshlarga "Men vatanimning yuziman" huquqiy aksiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, davlat xizmatini isloh qilish, korrupsiya ga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan yurtimizdakorrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi sabablar xususida borilayotgan ishlar yoritildi.
Ko‘rish uchun havola
Viloyatimizda, xususan adliya organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilyapti, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishdagi ishlar haqida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi B.Avazov orqali batafsil maʼlumot olasiz.
Ko‘rish uchun havola
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni, “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-apeldagi PQ-147-son qarori qabul qilingan.
⚖️Mazkur farmon hamda qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini Termiz shahridagi Prezident maktabi xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi Alisher Bobomurodov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari Behruz Sharipov va Bunyod Avazovlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, ushbu qonun hujjatlarida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha o‘rganildi.
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish davlatimiz belgilab olgan siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Taraqqiyotimizning eng muhim yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ayni paytda bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar korrupsiyaga qarshi kurashishni sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti Surxondaryo viloyat filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz” mavzuidagi davra suhbatida ham ana shu haqda atroflicha so‘z yuritildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filialida Surxondaryo viloyat hokimligi va viloyat Adliya boshqarmasning mas’ullari yig‘ilishda so‘z olib, ish jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo’l qo’ymaslik, fuqarolar bilan muloqotda muomala va etikaga amal qilinishi lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi.
Termiz muhandislik texnologiya institutida 4-sektordagi yoshlar bilan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.
Unda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Avazov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbirda ayrim fuqarolar o‘z huquqlarini yaxshi bilmasliklari tufayli ta’magirlik, poraxo‘rlik, korrupsiya holatlari yuzaga kelayotgani, korrupsion holatlar ta’lim sohasida ham uchrab turgani achinarli hol ekanligi tilga olinib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot davomida yoshlar bu kabi illatlardan yiroq bo‘lishi, yuksak marralarga eltuvchi yo‘l bilim ekanligi ta’kidlanib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi O.Qurbonov ishtirokida Termiz shahrida joylashgan 31405-son harbiy qismda “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi.
- 1
- 2