Yangiliklar
Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan shahardagi 1-sonli maktabda aksiya doirasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tadbir ishtirokchilariga fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni qo‘llanishini ta’minlash orqali ularning mulk huquqlarini to‘liq ta’minlash, ushbu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning savollariga tegishlicha javoblar berildi.
Qiziriq tuman adliya bo‘limi tomonidan “Zarobod” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida “mahalla yetiligi” a’zolari va mahalla faollari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul o‘tkazildi.
♻️ Shuningdek, tadbirda Adliya vazirining “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi va boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari talablaridan kelib chiqib, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga oid tushuntirishlar ham berildi.
???? Huquqiy oylik doirasida Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅ Mazkur tadbirda, fuqarolarga ko‘chmas mulkka oid hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi, mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash yuzasidan tushuntirish berildi.
✅ Shuningdek, tadbir ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ–1-son va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi bo‘yicha viloyat tashkilolatlarining "E'tirof" platformasiga mas'ul xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Shuningdek, A.Roziqov viloyat tashkilolatlarining "E'tirof" platformasiga mas'ul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan Termiz shahar va Termiz tumanlarida nizoli oilalari salmog‘i yuqori bo‘lgan - "Alpomish" va "M.Eshtemirov" mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida, jami 50 dan ortiq fuqarolarning huquqiy muammolari tinglandi. Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 7 ta murojaat o‘rganish muddat talab etganligi sababli adliya organlari ish yurituviga qabul qilinib ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 20 dan ortiq fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Bandixon tumani “Navro‘z” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan bir qator muammoli masalalar, jumladan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish va boshqa sohalardagi muammolar ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabul davomida 40 nafar fuqarolar orasidan murojaat qilgan 20 nafardan ortiq murojaatchining 9 nafariga murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari, mediatsiya, qonuniy nikohning afzallik jihatlari, ajrimning huquqiy oqibatlari, korrupsion jinoyatlar, mahalla mas’ullarining vazifalari, qonunchilikda fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining binosida ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan N.B.T (ism,sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdor N.B.T. Davlat ijrochisi tomonidan aliment qarzdorligini to‘lash haqida tushuntirish berilgani va bir necha bor yozma ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, 13.931.278 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib aliment to‘lovidan qochib yurganligi aniqlandi.(Batafsil...)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Sobirov Axmed Sodikovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2025 yil 29 yanvardagi hal qiluv qaroriga aossan, qarzdor Sobirov Axmed Sodikovichdan undiruvchi Doniyorova Malika Toshpo‘latovna (ism sharifi o‘zgartirilgan) foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1\3 qismi miqdorida aliment to‘lash lozim bo‘lsada, 2025 yil 1 iyundan 2025 yil 1 dekabr kuniga qadar bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib 13.931.278 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.(Batafsil...)
#Adliya_hudud #Ijtimoiy_profilaktika
Sherobod tumanida "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi o'rinbosari S.Tursunov tomonidan Sherobod tumani, “Oyinli” mahallasida fuqarolarning ajrim, aliment, farzandlikka olish va boshqa sohalardagi muammoli murojaatlari manzilli o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida 20 dan ortiq xonadonlarga kirib borilib bir qator muammoli holatlar aniqlandi. Aksariyat fuqarolarning murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari, mediatsiya, qonuniy nikohning afzallik jihatlari, ajrimning huquqiy oqibatlari, korrupsion jinoyatlar, mahalla mas’ullarining vazifalari, qonunchilikda fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
https://t.me/surxondaryoadliya
Bugun viloyat adliya boshqarmasida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025-yil davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar hamda viloyat prokuraturasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqovning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng, viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomurodovning axboroti tingalanib, matbuot anjumani qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtaldi.
➡️ O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.