Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

05
Shoʻrchi tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shoʻrchi tumanidagi otaliqqa olingan tumandagi 52-sonli maktabida “Sud tizimi va adolat, Odil sudlov prinsiplarining ahamiyati” mavzlarida tuman adliya bo‘limi tomonidan huquq sinfida huquq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida 10-11-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

04
Uzun tumanida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan 3-son texnikumda o‘tkazilib, unda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar bilan manzilli ishlashni yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi.

01
Oltinsoy tumani "Kurama 1" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida, 30 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 15 nafar fuqaroning murojati joyida hal etilib,  13 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Tadbir davomida, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son, PQ-2-son va PQ-133-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati hamda Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va ularga berilgan imtiyozlar haqida keng aholi qatlamiga tushuntirishlar berildi.

30
Surxondaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi sport ruhida o‘tkazildi

“Yoshlar kuni” doirasida Surxondaryo viloyatida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlari asosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida milliy kurash, arqon tortish, ot sporti va boshqa sport turlari bo‘yicha qizg‘in musobaqalar o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligi mustahkamlandi.

Shuningdek, uchrashuv davra suhbati shaklida davom etib, unda yoshlarning huquq va majburiyatlari, sportchi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbirlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

29
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Teambuilding" dasturi doirasida malakali psixolog N.Xudoynazarova ishtirokida tizim xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening mavzusi: Stressga chidamlilik, fuqarolar bilan munosabatda psixologik tartibga rioya etish.

Shuningdek, tadbir davomida diqqatni jamlovchi psixologik o‘yinlar tashkil etilib, tizim xodimlarining stressga chidamlilik darajasi tekshirildi hamda mutaxassis tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Trening so‘nggida, xodimlar, stress va uning turlari, salbiy stressdan qay yo‘l bilan tez va oson forig‘ bo‘lish haqida psixolog N.Xudoynazarova orqali batafsil javob olishdi.

28
Bugun Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2026-yil I-chorak davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqovning axboroti tinglandi. Shundan so‘ng, viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomurodovning axboroti tingalanib, matbuot anjumani qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha to‘xtaldi.

O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

27
Angor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Yoshlar oila qurishga ongli va mas’uliyatli yondashadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Angor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi P.Bobomo‘minov, FHDYo mudirasi M.Siddiqova va tuman  Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassislari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarini himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shma tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmonining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari keng tushuntirildi. Jumladan:

▶️nikoh yoshiga yetmagan shaxslar bilan nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olish, ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlari uchun mas’uliyatini oshirish;
▶️moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor yoshlar o‘rtasida nikohni rag‘batlantirish;
▶️ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish, bunday holatlarga uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
✅Shuningdek, talaba-yoshlarda oila qurish jarayonida davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, rag‘batlantirish choralari, ayniqsa bolali va homilador talabalarning qo‘llab-quvvatlanishi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

24
Surxondaryoda "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi

Unda saralash bosqichlaridan oʻtgan 39 nafar ishtirokchi 3-shart bo‘yicha bahs olib borishdi, yaʼni test, blits savol-javob va mavzu taqdimoti sharti yuzasidan bellashuvni davom ettirdi. Hakamlar hayʼati tomonidan baho qoʻyish jarayonida mavzuning taqdimot asosida yoritilishi, uning mavzu yuzasidan huquqiy bilimlari darajasi, shu bilan birga oʻqituvchining notiqlik mahorati ham inobatga olindi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, quyidagi o'qituvchilar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

1-o‘rinni Qiziriq tumani 32-maktab o‘qituvchisi Sa`dullaeva Dilrabo Xayrullayevna

2 -o‘rinni Qumqo`rg`on tumanidagi 3-maktab o‘qituvchisi  Xoshboqov Turdimurod Komil o‘g‘li

3-o‘rinni Uzun tumanidagi 20-maktab o‘qituvchisi Do`stnazarov Rustam Ko‘charovich egalladi.

G‘oliblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

23
Sayyor sud majlisida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi, shahar prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi hamkorligida sayyor sud tashkil etildi.
Sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyalari I.Shaymanov va G‘.Ostonov tomonidan voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan 14 (o‘n to‘rt) nafar shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

16
Termiz tumanida “Yoshlar kuni” tadbiri bo`lib o`tdi.

Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 13 va 14-sonli maktab o‘quvchilari tumandagi 42858-sonli harbiy qismga olib borilib, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, ularning oziq-ovqat bilan ta’minlanishi, kundalik mashg‘uloti, ular foydalanadigan qurol-aslahalari, ularning mashq mashg‘ulotlari, vatanni himoya qilishdagi jangovor tayyorgarligi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tadbir yakunida harbiy qism tantanali va harbiy jang chiqishlari qilinib, yoshlarni vatanparvarlik ishtiyoqini oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, tadbir davomida yoshlar harbiy sohada ko‘plab savollariga harbiy qism xodimlari atroflicha javob berishdi.