Yangiliklar
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov, Advokatura va mediatsiya bo‘limi katta maslahatchisi M.Nafasovlar tomonidan, ichki ishlar xodimlari, sudyalar hamda advokatlar ishtirokida “Yuridik yordam” axborot tizimi, undan foydalanishda o‘zaro hamkorlik va davlat hisobidan himoyani tezkor va sifatli ta’minlash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
✅ Seminarda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi va nizomni amaliyotga tatbiq etish borasida uchrayotgan muammolar muhokama etildi.
✔️ Shuningdek, ishtirokchilar amaliyotdagi muammolar bo‘yicha masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.(Batafsil...)
Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan tasdiqlangan tumandagi mahallalarda, budjet tashkilotlarida, o'quv muassasalarida hamda boshqa jamoat joylarida "Huquqiy targ'ibot kuni" targ'ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda.
Xususan, bo'lim xodimlari tomonidan shahardagi 15 va 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida va "Yulduz" MFYda targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur yig'ilishda qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar, jumladan O'RQ-1027-son qonun, PF-80-son Farmon, PQ-133-son, VMQ-204-son qarorning mazmun-mohiyati, amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, PQ-1-sonli qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar, xususan, firibgarlik jinoyati, Firibgarlik jinoyatining oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berildi.(Batafsil...)
Uzun tuman adliya bo'limi tomonidan tasdiqlangan tumandagi mahallalarda, budjet tashkilotlarida, o'quv muassasalarida hamda boshqa jamoat joylarida "Huquqiy targ'ibot kuni" targ'ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda.
Xususan, bo'lim xodimlari tomonidan tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tumandagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur yig'ilishda qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar, jumladan O'RQ-1037-son qonun, PF-80-son Farmon, VMQ-204-son qarorning mazmun-mohiyati, amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, PQ-1-sonli qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar, xususan, firibgarlik jinoyati, Korrupsiya jinoyatining oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berildi hamda mavzularga doir tayyorlangan flayerlar tarqatildi.(Batafsil...)
Xususan, Angor, Muzrabot, Termiz shahar hamda Termiz tumanida mart oyida "Huquqiy mahalla" konsepsiyasi amalga oshirilgan mahallarda olib borilgan islohotlar bilan yaqindan tanishib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot oʻtkazdi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini metodik taʼminlash maqsadida xodimlarga nizomlar, qo‘shimcha na'munaviy hujjatlar, uslubiy qoʻllanmalar taqdim qilindi.
Bundan tashqari uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining muammolarini qonuniy hal etish choralarini koʻrish yuzasidan muhim ko‘rsatmalar berdi. (Batafsil...)
Sud buxg’alteriya ekspertizasi moliyaviy hujjatlar va buxg’alteriya hisobi bo‘yicha baholash, tekshirish va xulosa berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Uning asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
- Moliyaviy hujjatlar tekshiruvi – buxg’alteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning to‘g’riligi va qonuniyligini aniqlash;
- Firibgarlik va moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlash – noqonuniy harajatlar, o‘zlashtirish, soxta hujjatlar va moliyaviy jinoyatlarni aniqlash;
- Korxona moliyaviy holatini baholash – aktivlar, passivlar, qarzlar va foyda ko‘rsatkichlarini o‘rganish;
- Ish haqi va soliqlarga oid tekshiruv – noqonuniy ish haqi to‘lovlari (Batafsil...)
Sherobod tumani "Kattabog" mahallasi hududida joylashgan Yoshlar markazi binosida Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Sh. Rajabov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i S. Abdurasulov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 50 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 20 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 30 ta murojaat o‘rganish muddat talab etilganligi sababli ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 15 dan ortiq fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib ularning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi.(Batafsil...)
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining binosida ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan N.B.T (ism,sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdor N.B.T. Davlat ijrochisi tomonidan aliment qarzdorligini to‘lash haqida tushuntirish berilgani va bir necha bor yozma ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, 9.809.582 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib aliment to‘lovidan qochib yurganligi aniqlandi.(Batafsil...)
Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi B.Avazov tomonidan Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida, soha vakillarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Surxondaryo bojxona boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi sud va prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda viloyat bojxona boshqarmasi tizim xodimlari ishtirokida korrupsiyaning davlat organlari faoliyatiga salbiy ta'siri, jamiyat taraqqiyotiga tug'diradigan tahdidlari va uning oldini olish bo'yicha xalqaro tajribalar haqida ma'lumot berildi.
Tadbir davomida, korrupsion jinoyatlarni sodir qarshi o'z vaqtida chora ko'rish, ularni aniqlash va xabar berish mexanizmlari haqida ham atroflicha ma'lumot berildi.
Tadbir yakunida har bir xodimning shaxsiy mas'uliyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va soha faoliyatini shaffoflashtirish yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi.
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o'tkaziladi.