Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Abdullayeva Shohista Xasanovnani  Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Denov tuman adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh. Abdullayevani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

05
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Turdiyev Mansur Mamatmurodovichni  Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi M. Turdiyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

01
"Adliya kuni" tadbiri jadal sur'atda òtkazilmoqda | ENG OLIS HUDUD, ENG OLIS MAHALLA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, DXM va  FHDY xodimlari tomonidan tumandagi "Kash" mahalla fuqarolar yiĝinida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari kòrsatildi.

Mahalla ettiligiga qonunchilik hujjatlari mohiyati tushuntirildi va yagona huquqni qòllash amaliyotini shakllantirish maqsadida metodik yordam kòrsatildi.

Aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlandi.

Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam kòrsatildi.

Shuningdek mahallada uyma-uy yurish orqali  fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

31
"Adliya kuni" va "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazilmoqda

"Adliya kuni" va "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazilmoqda

Termiz shahridagi "Turon" mahallasida "Adliya kuni" hamda  "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazildi. 

Tadbir davomida sayyor qabul o‘kazilib, fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar bo'ldi. Murojaatlarning 10 dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga 10 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

23
Surxondaryo viloyat matbuot uyida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun viloyat matbuot uyida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2024-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning axboroti tinglandi.

O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

18
Adliya mas'ullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o'rganish, joyida hal etish choralarini ko'rayotgani ana shu murojaatlarning o'z vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda.

Adliya mas'ullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o'rganish, joyida hal etish choralarini ko'rayotgani ana shu murojaatlarning o'z vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda. 

Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul to'g'risida ham shunday deyish mumkin. 

Tadbirda "Namuna", "Qahramon", "M.Eshtemirov", "Qo'ng'irot", "Mustaqillik" mahalla fuqarolari qamrab olindi.

17
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- Yuldasheva Sayyora Safaraliyevnani Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S. Yuldashevani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

12
Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda

Bu galgi o‘rganish ishlari Denov tumanida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi "So'fi Olloyor", "Surxon" mahallalarida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, kam ta'minlangan deb topilgan oilalarga qonunchilik belgilangan imtiyozlar kabi muammolar aniqlandi.

08
Surxondaryo viloyati bo‘ylab adliya organlari tomonidan uyma-uy huquqiy muammolar o‘rganilishi davom etmoqda

Bu galgi o‘rganish ishlari Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi "Munchoqtepa", "Jiydali", "Joziba", "Yangi hayot" mahallalarida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.

O‘rganish davomida 100 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 30 dan ortiq ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

08
TAYINLOV!!!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

- . Xudoyberdiyev Baxodir Abdurayimovich Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Angor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B. Xudoyberdiyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!