Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

16
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI
DIQQATIGA

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari bo‘yicha lavozimlar:

BATAFSIL...

10
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun mohiyatiga doir savol javoblar

1-savol. Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga kimlar ega ? 

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni: o‘n sakkiz yoshga to‘lgan; shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar...(Batafsil...)

28
Ajabtovur hiyla

Tezkor davrda yashayapmiz. Zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda. Insoniyat taraqqiyot sari dadil odimlayapti. Globallashuv jarayoni har birimizdan qudratli kuch bo‘lgan so‘zga yanada e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishni talab qilmoqda.

Aksincha, mish-mishlar odamlarni chalg‘itadi, Shov-shuvlar xavotir va ikkilanishga sabab bo‘lib, barqarorlikka rahna solishi mumkin. Biroq uylamay gapiradigan va yolg‘on axborot tarqatayotganlar hamon uchrab turibdi.

Termiz shahrining “Bog‘zor” mahallasida istiqomat qiluvchi Jaxongir Qarshiev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ham ana shunday kishilar toifasidan ekan. To‘g‘risini aytganda, “qahramon”imizning “kashfiyoti” ko‘pchilikning hayoliga ham kelmasligi mumkin. Ammo u ajabtovur hiylani shunday ustamonlik bilan amalga oshirganki, asti qo‘yavering ...

Xullas, Jaxongir Qarshiev 2020 yilning may oyi boshlariga qadar Termiz shahar hokimligida kassir lavozimida ishlagan. O‘z arizasiga ko‘ra 2020 yilning 12 may kuni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Shundan keyin sobiq kassir “o‘zgacha faoliyat turi”ni yo‘lga qo‘yadi. Ya’ni, ishdan ketishda Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari G‘aybullo Ergashevni aybdor biladi va 2020 yilning iyul oyida “Damir Umirov”  akkaunti orqali “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida qo‘yidagi xabarni joylashtiradi ”... Termiz shahrida xalqni jonini sug‘urib oladigan shovvozimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz, tanishing Termiz shahar hokimining kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘aybullo Ergashev. G‘aybullo haqida qisqacha ma’lumot, G‘aybullo poraxo‘rlik faoliyatini g‘aznachilik bo‘linmasida ishlab yurgan kezlari boshlaydi. U keyinchalik Termiz shahar hokimi I.Xudoynazarovga 20 ming dollar berib hokim o‘rinbosari lavozimiga Batafsil...

27
JAZOGA TORTILDI

Tashqi muhitdan yugurik suv misoli oqib kiradigan ming bir illatlar turi borki, ularning loaqal bittasi ham inson ruhiyatida qolib ketsa, uning hayot tarzi davomida u chuqur ildiz otib o‘rnashib olib, jinoyat sodir etish ko‘chasiga kirishga yo‘llaydi.

Yoshi oltmishga yaqinlashib, oq-qorani to‘la ajrata oladigan bir davrda spirtli ichimlik iste’mol qilishdan o‘zini tiya olmagan Muxtor Jo‘raboev (ism-familiyalari o‘zgartirib berilmoqda) 2018 yilda ham jinoyat sodir etib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan bo‘lsa-da, o‘z qilmishlarining nojo‘ya qadamligidan tegishli xulosa chiqarmadi.Batafsil...

19
Soliq organlari faoliyati o‘rganildi.

Adliya boshqarmasi tomonidan viloyat davlat soliq boshqarmasi tizimida o‘tkazilgan o‘rganish davomida soliq to‘lovchilarning huquqlari buzilayotganligi holatlari aniqlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27-moddasi, birinchi qismi, yettinchi xatboshiga asosan, soliq organlarining majburiyatlariga soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi ham kiradi.

Soliq organi tomonidan tadbirkorlik subektlariga soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi tushuntirilmaganligi sababli, ayrim soliq to‘lovchilar belgilangan imtiyozlardan foydalanmasdan kelmoqda.(Batafsil...)

15
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining 2022 yil I-chorak harajaatlar va daromadlar to`g`risida ma`lumot.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining 2022 yil I-chorak harajaatlar va daromadlar to`g`risida ma`lumot.

12
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI
DIQQATIGA

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida

E’LON

 

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan lavozimlar: (Davomini o‘qish)

28
Korrupsiya- xavfli illat

Korrupsiya davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazuvchi og‘ir jinoyatdir. Ushbu jinoyatning ko‘p turlari pora berish va pora olish, tovar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish va boshqalar jinoyatlardan iborat.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yaratilgan.(Batafsil...)

26
Odam savdosi- og‘ir jinoyatdir.

Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida xavfsizligimizga hamda ijtimoiy-ma’naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo‘lgan odam savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

  O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 24-moddasida, “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”, – deb e’tirof etilgan. Bugungi kunda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jahon hamjamiyatida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko‘ruvchilarning ham muddaolari mushtarak. Ya’ni, yengil yo‘l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish – ikki toifadagi odamlarni ham halokat domiga tortmoqda.(Batafsil...)

25
Sayyor sud majlisida Probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan hamda o‘rnatilgan tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilgan olti nafar mahkum jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Sud-huquq sohasida Konstitutsiyaviy talablar asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli aholining huquq va manfaatlari to‘la ta’minlanmoqda.

Zero, ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonni rozi qilish, ularning ezgu orzularini ro‘yobga chiqarish, pirovardida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir.

Termiz shahar IIB Probatsiya guruhi binosida sayyor sud majlisida  jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi raisi I.Shaymanov va shu sudning sudyasi A.Boybilovning raisligida Termiz shahar IIB Probatsiya guruhida jazo o‘tab turgan olti nafar mahkumni Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.(Batafsil...)