Янгиликлар
Termiz shahar adliya bo'limi aralashuvi bilan onaning ikki nafar vafot etgan farzandlarining o'limi tasdiqlandi.
O‘rganish natijasida fuqaroning ikki nafar farzandlari A.B 41 yil avval , A.C esa 34 yil avval vafot etganligi, biroq o‘lim haqida guvohnomasi olinmaganligi aniqlandi. Buning natijasida fuqaro R.A 41 yil oldin vafot etgan farzandi A.B, 34 oldin vafot etgan farzandi A.C lar FHDYning elekton arxividagi oila tarkibida mavjud bo'lganligi bois Byudjeddan tashqari pensiya bo'limidan ijtimoiy himoya yagona reestri orqali moddiy yordam ololmayotganligi, arizasi rad etib kelinayotganligi ma'lum bo'ldi.
Ushbu holat shahar adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilgach, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga “O‘lim faktini belgilash haqida” da’vo arizasi kiritildi.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, ariza qanoatlantirilib, keksa yoshdagi fuqaroning bir necha yillardan beri yechimi topilmay kelayotgan muammosi ijobiy hal etilishiga erishildi.