Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Surxondaryoda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.


Termiz Kargo markazida UNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda, loyihaning yuridik yordam qismi bo‘yicha asosiy bajariladigan ishlar sifatida yoshga va genderga (jinsga) mos keladigan huquqiy yordam olish imkoniyati bilan ta’minlash, bolalarning himoyaga bo‘lgan huquqlari, jumladan, qayerdan va qanday yordam so‘rash haqidagi xabardorligini oshirish;


Xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka muvofiq, bolalarga do‘stona munosabatda bo‘lgan va genderga nisbatan sezgir yuridik yordam ko‘rsatish;




Yuridik yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlarning, jumladan, murabbiylik, maslahat, va nazorat qiluvchi xodimlarning salohiyatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.