Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya vazirligi Teatr arboblari uyushmasining xatiga munosabat bildirdi.


   Ijtimoiy tarmoqlarda “Teatr arboblari uyushmasi”ning teatr spektakli bo‘yicha xulosa olinishi lozimligi yuzasidan davlat tashkilotlariga kiritgan xati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.Nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga oluvchi organ sifatida Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

  “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

   Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik va ta'sis hujjatlariga rioya etishi, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta'minlashi, o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.

   “Teatr arboblari uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ommaviy tadbir o‘tkazishga ruxsatnoma berishi bilan bog‘liq munosabatlarga aralishishi ustav faoliyatidan chetga chiqish va qonunchilik talablarini buzish deb hisoblanadi.“Teatr arboblari uyushmasi”ning 2022-yil 7-sentabrdagi 01-02-71-son xati qonuniy kuchga ega emas.Shunga ko‘ra, “Teatr arboblari uyushmasi” qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida 2022-yil 10-sentabr kuni yozma ravishda ogohlantirildi va davlat tashkilotlariga yuborilgan xatini ijrodan chaqirib olish haqida ko‘rsatma berildi.

   Qayd etish lozimki, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga ko‘ra, teatrlar badiiy yo‘nalishlarni, repertuarni tanlashda, sahna asarlarini yaratish, ommaviy ijro etish va (yoki) ommaviy namoyish qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, shuningdek samarali ijodiy jarayonni va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda erkindir.Ularning faoliyatiga aralashish madaniy faoliyat sohasidagi asosiy prinsiplardan biri bo‘lgan “ijodiy faoliyat erkinligi”ga ziddir. Shu bilan birga, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga ko‘ra, madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib etishga, shuningdek, o‘zga shaxslarning huquqlarini kamsitishga qaratilgan plakatlar, timsollar, transparantlardan va boshqa ashyolardan foydalanish taqiqlanadi. Kelgusida nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ustav faoliyatidan chetga chiqish holati takrorlansa, ma'muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi va faoliyatini to‘xtatish yuzasidan sud organlariga murojaat qilinishi haqida ma'lum qilindi.