Yangiliklar
"Turmush oʻrtogʻim bilan oila qurganimizga 20 yildan oshdi, ayolim bilan qonuniy nikohdan o‘tish istagi paydo boʻldi qayerga murojaat qilishimiz mumkinligini bilmay turganimizda uyimizga adliya bo'limi xodimlari kirib kelishdi". deydi, - 57 yoshli Avliyoqul bobo.
Adliya organlari vakillari har bir mahallada fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganishlari davomida turli taqdirlar va turli masalalar bilan yuzma-yuz kelishadi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalai ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.
Ana shunday targ'ibot tadbirlarining birida Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi G‘aforovlarning nikohi qonuniy qayd etilmaganligi aniqlandi.
G‘aforov Avliyoqul bobo hamda Xolmuradova Aygul ayaning 21 yillik nikohlari Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo'limi tomonidan qonuniy qayd etildi.
Uzun tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Tolto'g'ay" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi hamda Sayyor tarzda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Uyma-uy yurish davomida 10 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga 16 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Hamroyev Sherzod Xolmo‘minovichni Qiziriq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) bosh mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Bandixon tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh. Hamroyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan "Buyuk zamin" mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 1-guruh nogironligi bo‘lgan 2 nafar yoshlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat - ID karta olishda amaliy yordam berildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Abdullayeva Shohista Xasanovnani Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Denov tuman adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sh. Abdullayevani ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Turdiyev Mansur Mamatmurodovichni Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Termiz shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi M. Turdiyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, DXM va FHDY xodimlari tomonidan tumandagi "Kash" mahalla fuqarolar yiĝinida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari kòrsatildi.
Mahalla ettiligiga qonunchilik hujjatlari mohiyati tushuntirildi va yagona huquqni qòllash amaliyotini shakllantirish maqsadida metodik yordam kòrsatildi.
Aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlandi.
Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam kòrsatildi.
Shuningdek mahallada uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.
"Adliya kuni" va "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazilmoqda
Termiz shahridagi "Turon" mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida sayyor qabul o‘kazilib, fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar bo'ldi. Murojaatlarning 10 dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga 10 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bugun viloyat matbuot uyida “Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2024-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning axboroti tinglandi.
O'tkazilgan matbuot anjumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, jurnalist va blogerlar, sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.
Adliya mas'ullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini o'rganish, joyida hal etish choralarini ko'rayotgani ana shu murojaatlarning o'z vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda.
Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul to'g'risida ham shunday deyish mumkin.
Tadbirda "Namuna", "Qahramon", "M.Eshtemirov", "Qo'ng'irot", "Mustaqillik" mahalla fuqarolari qamrab olindi.