Yangiliklar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.
Tahlil davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tizim xodimlariga batafsil tushuntirishlar berildi.
Qiziriq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan "Istiqlol" mahallasida yashovchi II guruh nogironi O.Allamurodovaga sayyor taribda davlat xizmatlari ko'rsatilib fuqaroga elektron raqamli imzo olib berildi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida yana bir xayrli ish amalga oshirildi.
Angor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 13 yildan beri sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotgan oilaning huquqiy maqomini ta’minlash maqsadida, nikohi qonuniy tarzda qayd etilib, rasmiy nikoh guvohnomasi topshirildi.
Mazkur tashabbus “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmasligi” yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘lib, jamiyatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Unda o'tgan 2025-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar keng muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari J.To‘rayev, Hisob palatasi mas'ul xodimi B. Dushayev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov hamda Adliya vazirligi mas'ul xodimi S.Allamurodov Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Tadbir davomida 2025- yilning birinchi yarim yilligida Prezident topshiriqlarining ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.
Ushbu tahlillar asosida ikkinchi yarim yillikda ijro intizomini yanada yaxshilash, vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
Mavzular yuzasidan savol-javoblar va amaliy misollar asosida muhokamalar olib borildi. Bu esa ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi va Madad NTT tomonidan "Navbur" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 10 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 8 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 12 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Tolli" mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.
“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 10 ga yaqin masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Muzrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Darband" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni" va "Sayyor qabul" tadbirlari tashkil etildi.
“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan 20 ga yaqin masalalar bo‘yicha huquqiy muammolar alohida ish yurituvga olindi.
Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining joriy yil 7-avgust kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
Mazkur sessiyada, Uzun, Boysun, Sho'rchi, Jarqo'rg'on, Oltinsoy, Bandixon, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Sariosiyo, Termiz, Denov, Qumqo'rg'on tumanlari hamda Termiz shahrida jami 360 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 619 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.
Sariosiyo tumanida huquqiy muammolarni hal etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Bugun Sariosiyo tuman hokimligi hamkorligida tuman adliya bo‘limi tomonidan “Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishdagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman Ichki ishlar bo‘limi, Mahalla uyushmasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman soliq inspeksiyasi hamda tumandagi 61 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi — mahallalarda yuzaga kelayotgan huquqiy muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal etishda davlat organlari va tashkilotlar vakillari hamkorligini kuchaytirish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va bir yo‘nalishda yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, joylardagi muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish yuzasidan tuman hokimligida tashgkil etilgan shatab a’zolari bilan “E’TIROF AT” elektron tizimi orqali tez va sifatli amalga oshirishi yuzasidan bir qator kamchiliklar muhokama qilib olindi.